Kompyuter injeneringi


Download 18.49 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi18.49 Kb.
#1816905
Bog'liq
6 amaliy ish



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJENERINGI” FAKULTETI
DI-11-21 GURUH TALABASINING KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN


6-AMALIY ISHI

BAJARDI: BOZOROV BUNYODBEK TEKSHIRDI: NAVRO’Z XUJAQULOV


Laboratoriya ishi №6
Mavzu:Cisco Packet Tracer dasturida TelNet, SSH protokoli bilan ishlash
. Ishdan maqsad:Cisco Packet Tracer dasturida TelNet va SSH protokollari bilan ishlash bo’yicha nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism. TelNet(teletypenetwork) - bu tarmoq orqali matnli terminal interfeysini amalga oshirish tarmoq protokoli (zamonaviy shaklda - TCP transportidan foydalangan holda). Protokolning mijoz tomonini amalga oshiradigan ba'zi yordamchi dasturlari ham "telnet" nomiga ega. Amaldagi protokol standarti RFC 854 da tavsiflangan. OSI modelining amaliy sathi vazifalarini bajaradi. telnet protokoli ssh bilan bir qatorda turli xil tarmoq qurilmalari va dasturiy serverlarni masofadan administratsiyalashda keng qo’llaniladi. TELNET protokolining maqsadi juda umumiy, ikki yo'nalishli, sakkiz bitli baytga yo'naltirilgan aloqa vositasini ta'minlashdir. Uning asosiy maqsadi terminal qurilmalari va terminal jarayonlarining bir-biri bilan aloqa qilishiga imkon berishdir. Ushbu protokol terminal-terminal aloqasi ("majburiy") yoki jarayondan-jarayonga ("taqsimlangan hisoblash") aloqa uchun ishlatilishi mumkin deb taxmin qilinadi. SSH(SecureShell–“xavfsiz qobiq”) –bu operatsion tizimni masofadan boshqarish va TCP ulanishlarini tunnel bilan boshqarish imkonini beruvchi (masalan, fayllarni uzatish uchun) amaliy sath tarmoq protokoli.

Telenet masofadan boshqaruv
U funktsional jihatdan Telnet va rlogin protokollariga o'xshaydi, ammo ulardan farqli o'laroq, barcha trafikni, shu jumladan uzatilgan parollarni shifrlaydi. SSH turli xil shifrlash algoritmlarini tanlashga imkon beradi. SSH mijozlari va SSH serverlari ko'plab tarmoq operatsion tizimlarida mavjud. Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma Dastlab

5.1-rasm. Tarmoq modeli. Buning uchun quyidagi amallarni bajaring: 1.Cisco Packet Tracer dasturini yuklang.
2.Cisco Packet Tracer ishchi sohasiga tarmoqqa birlashtirish lozim bo’lgan qurilmalarni joylang:
2.1.Ishchi sohaga PC0, PC1, PC2 va PC3 ShKlarni joylashtiring. 2.2.Switches guruhini tanlang. Switches guruhidan kommutator modeli 2950T-24 ni tanlang va uni ishchi sohaga joylang.
2.3.Routers guruhini tanlang. Routers guruhidan marshrutizator modeli 2811 ni tanlang va uni ishchi sohaga joylang.
3.Barcha kompyuterlarni kommutatorga to’g’ri mis kabel yordamida ulang (1- laboratoriya ishiga qarang).
4.Router1 interfeyslarini sozlang: buning uchun kursorni ishchi sohadagi Router1 ni ifidalovchi belgi usiga sichqoncha chap tugnasini bosing. Config bo’limidan:
4.1.FastEthernet0/0 bo’limini tanlang va Port Statusni On holatiga o’tkazib, IP Address maydoniga 192.168.1.1, Subnet Maskmaydoniga 255.255.255.0 kiriting.
4.2.FastEthernet0/1 bo’limini tanlang va Port Statusni On holatiga o’tkazib, IP Address maydoniga 192.168.2.1, Subnet Mask maydoniga 255.255.255.0 kiriting (5.2-rasm)


Download 18.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling