Kompyuter injinering” fakulteti 5- bosqich tt 12 – 18S – guruh talabasining
Download 58.92 Kb.
|
ATMvaS MI2
Mavzu: Kanal pog’ona modeli
Reja: 1.Kanal pog’onasi tarmiqlari 2.Kanal pog’onasi protokollari 3. Kanal pog’ona modeli Tarmoqni samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog‘i lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog‘i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o‘tkazgich yordamida ulangandek bo‘ladi. VLAN tarmog‘i fizik emas, mantiqiy bog‘lanishga asoslangan. VLAN tarmog‘i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qaerda joylashganligiga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funksiyasi bo‘yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. VLAN dagi qurilma xuddi o‘zining shaxsiy tarmog‘iga ega bo‘lgandek bo‘ladi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo‘lishi mumkin. Bir manzilli (unicast), ko‘p manzilli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o‘sha VLAN doirasida bo‘ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo‘lmagan stansiyalar paketlarni jo‘natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi (2.4, 2.5, 2.6, 2.7, 2.8, 2.9, 2.10, 2.11-rasmlar). Qo‘shimcha 4 bayt QoS va VLAN texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatini beradi VLAN tarmog‘i LANning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni kichik tarmoqlarga bo‘lish mumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. Bitta VLAN tarmog‘idagi qurilma keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi. Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog‘i kirish va xavfsizlikni ta’minlash siyosatini amalga oshiradi. Xavfsizlik: muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborot mahfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi; Xarajatlarni kamaytirish: o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq infratuzilishlari yangilanishini arzonligi; Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog‘onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo‘lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi; Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi. Axborot texnologiyalari bo‘limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog‘i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatorni ekspluatatsiyaga kiritishda ko‘rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom bilan tarmoq funksiyasini tezda aniqlashadi. Download 58.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling