Toʻrtinchi sanoat inqilobi


Download 74.41 Kb.
bet1/5
Sana24.08.2023
Hajmi74.41 Kb.
#1669682
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sanoat


Toʻrtinchi sanoat inqilobi[1] — sanoatda raqamli texnologiyalar rivojlanish sababli 21-asrda texnologik, sanoat va ijtimoiy jarayonlarning tez oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgan sanoat inqilobi hisoblandi. Bu atama 2015-yilda Jahon Iqtisodiy Forumi asoschisi va ijrochi raisi Klaus Shvab tomonidan ommalashgan va shundan beri koʻplab iqtisodiy, siyosiy va ilmiy maqolalarda foydalanilgan. Shvabning taʼkidlashicha, sodir boʻladigan oʻzgarishlar nafaqat samaradorlikni oshiradi, shu bilan birgalikda sanoat kapitalizmidagi sezilarli oʻzgarishlarni olib keladi [2].
Global ishlab chiqarish va taʼminot tarmogʻi — zamonaviy aqlli texnologiyalar, keng koʻlamli mashinadan mashinaga aloqa va buyumlar internetidan foydalangan holda anʼanaviy ishlab chiqarishda tub oʻzgarishlarga taʼsir etmoqda. Ushbu jarayon avtomatlashtirishni oshirishga, aloqa va oʻz-oʻzini nazorat qilishni yaxshilashga hamda inson aralashuvisiz muammolarni tahlil qilish va tashxislash imkonini beruvchi aqlli texnologiyalardan foydalanishga olib keladi[3].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Toʻrtinchi sanoat inqilobi iborasi birinchi marta Germaniya hukumati uchun yuqori texnologiyali strategiyani ishlab chiquvchi olimlar jamoasi tomonidan kiritilgan. Jahon Iqtisodiy Forumi (JIF) ijrochi raisi Klaus Shvab 2015-yilda Xalqaro munosabatlar deb nomlangan maqolasida bu iborani keng jamoatga taqdim etgan. 2016-yilda Shveytsariyaning Davos-Klosters shahrida boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumining yillik yigʻilishining mavzusi sifatida „Toʻrtinchi sanoat inqilobini oʻzlashtirish“ koʻrib chiqilgan.
2016-yil 10-oktyabrda oʻtkazilgan forumda San-Fransiskoda Toʻrtinchi sanoat inqilobi markazining ochilishini eʼlon qildi. Klaus Shvabning 2016-yilgi kitobining mavzusi va sarlavhasi edi. Shvab ushbu toʻrtinchi sanoat davrda texnologiya, dasturiy taʼminot va biologiyani (kiber-fizik tizimlar) birlashtirgan texnologiyalarni oʻz ichiga oladi va aloqa sohasidagi yutuqlarni taʼkidlaydi. Shvab bu davr robototexnikasunʼiy intellektnanotexnologiyakvant hisoblashbiotexnologiya, narsalar interneti, sanoat buyumlar interneti, markazlashmagan konsensus, beshinchi avlod simsiz texnologiyalar, 3D bosib chiqarish va toʻliq avtonom avtomobillar kabi sohalarda rivojlanayotgan texnologiyalarda yutuqlar bilan belgilanishini kutmoqda[4].
JIFning „Buyuk qayta oʻrnatish“ taklifida Toʻrtinchi sanoat inqilobi COVID-19-pandemiyasidan keyin iqtisodiyotni barqaror ravishda qayta tiklash yechimi sifatida kiritilgan[5].

Download 74.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling