Kompyuter injinering


TARBIYAVIY ISHLARNING IZCHILLIGI, TIZIMLILIGI HAMDA


Download 210.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana18.10.2023
Hajmi210.54 Kb.
#1708841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika va psixologiya mustaqil ish (1) PDF

TARBIYAVIY ISHLARNING IZCHILLIGI, TIZIMLILIGI HAMDA 
BIRLIGI PRINSIPI 
Avvalo, ta’lim va tarbiya bir maqsadni - barkatnol inson shaxsini 
tarbiyalashni nazarda tutadi. Ya’ni ta’lim ishi tarbiya bilan birga qo’shilib 
ketadi va bir-birini to’ldirib, mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib 
borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar 
bilan qo’shiladi. 
Bolalar bilan olib boriladigan har bir tarbiyaviy ish butun tarbiya ishlarining 
ajralmas bir qismi sifatida amalga oshirilgan taqdirdagina ta’siri kuchli 
boiadi. 
Tarbiya ishidagi izchillik va tizimlilik shundan iboratki, har bir tarbiya ishi 
maktabning umumiy tarbiyaviy rejasiga asosan ma’lum izchillikda amalga 
oshiriladi, oldingi ishlarning mantiqiy davomi sifatida tarbiya sohasida 
qilinayotgan ishlarni rivojlantiradi, mustahkamlaydi va yanada yuqori 
darajaga ko’taradi. 
Tarbiya berishda tizimlilik qoidasi tarbiyani amalga oshiradigan barcha 
bo’g’inlarning - oila va maktab, bolalar va yoshlar tashkiloti, jamoatchilik, 
mahalla faollari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab 
chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat 
ish ko’rishini nazarda tutadi. 


Tarbiya ishidagi bu hamjihatlik va hamkorlikni ta’min etishda maktab asosiy 
rol o’ynaydi. Maktab yuqorida aytilgan muassasalar bilan mustahkam 
aloqada bo’lib, tarbiya sohasida bahamjihatlikda ishlashga erishadi. 
Tarbiya jarayonida tizimlilik va izchillikni ta’min etadigan muhim shartlardan 
biri tarbiya sohasidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallash va 
mustahkamlashda uyg’unlikka rioya etishdir. Tarbiyaviy ishlarning 
hammasida bolalarda mavjud bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va odatlarga 
hamda ularning turmush tajribalariga suyanish lozim. 
Har bir odam o’z hayot yo’lida qancha muvaffaqiyatlarga erishgan yoki 
imkoniyatlarni qo’ldan boy bergan bo’lsa, buning hammasiga, avvalo, uning 
fe’l-atvori, olgan tarbiyasi sababdir. 
Xulosa 


Xulosa qilib aytganda, ma’naviy tarbiya bugungi kunning eng dolzarb 
masalasi. Bu ishga yurtimizning barcha ziyolilari – о‘qituvchilar, jurnalistlar, 
yozuvchilar, shifokorlar, artistlar, barcha rahbarlar birdek mas’uldirlar. 
Mamlakatimizda tarbiyani hozirgi zamon talablari darajasida olib borishda 
mavjud 
barcha 
imkoniyatlar 
va 
vositalardan 
samarali 
foydalanganimizdagina ma’naviyati yuksak yoshlarni tarbiyalashga erishish 
mumkin bо‘ladi. 
Adabiyotlar 
Lea Chapius. Pedacocy, embedding Learning Technoligies. Modul 1. Educational 
Technology Use and design for Improved Learning Opportunities, Mehdi 
Khosrow-Pour, USA, 2014. Educational Psychology, Kelvin Seifert and Rosemary 
Sutton, Switzerland, 2010, the Jacobs Foundaion. Каримова В.М. ва бошқалар 
“Педагогика.Психология”. Ўқув қўлланма. –Т.: 2012. -380 бет. Очилова Г.О., 
“Педагогика.Психология” фанидан ўқув услубий мажмуа –T., 2016. -420 – бет 
Очилова Г,О, Мусаханова Г.М. “Педагогик махорат”, 2014. – 420 бет. 
Qoshimcha adabiyotlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 
Ozbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasini tasdiqlash togrisidagi №PF-5847. 2019 yil 8 oktyabr. Ozbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmoni. Ozbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish boyicha HARAKATLAR STRATEGIYASI togrisida. (Ozbekiston 
Respublikasi qonun xujjatlari toplami, 2017yй., 6-son, 70-modda) 
14:52 

Download 210.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling