SHAXSNI
JAMOADA
VA
JAMOA
ORQALI
TARBIYALASH
PRINSIPI
Ilg’or o’qituvchilar tajribasining ko’rsatishicha, o’quvchilar ahil jamoa bo’lib
uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo’ladi va
muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog’lom
jamoada
o’quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo’ladi va tarbiya
jarayonida o’qituvchilarning tayanchiga aylanadi.
O’z manfaatini jamiyat manfaatlari bilan qo’sha bilish, bir-biriga o’zaro
yordam berish kabi qimmatli fazilatlar avvalo jamoada shakllanadi.
O’quvchilar jamoasida har bir shaxsning kamolga yetishi, hamda sinfda va
umuman maktabda do’stlik rishtalarini mustahkamlash uchun qulay sharoit
yaratmoq darkor.
SHuni ham aytish kerakki, ba’zan tarbiya jarayonida
jamoa bilan shaxs o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni
bartaraf qilishga ham
to’g’ri keladi.
O’quvchilarda jamoa manfaatini ko’zlash, jamoatchilik hissi,
avvalo
birgalikda o’qish va mehnat qilish jarayonida mustahkamlanadi.
O’qituvchi va tarbiyachi o’zining tarbiyaviy ishlarida hamma vaqt o’quvchilar
jamoasiga va ular orasidagi faol o’quvchilarga tayanmog’i, o’quvchilarni turli
ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoachilik ruhini singdirib
borishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: