Urganch ranch universiteti 2214 guruh talabasi Soliyev Asadbekning Informatika fanidan informatika ishi
Download 8.05 Kb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Urganch RANCH universiteti 2102 guruh talabasi Bobojanov Boburning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishiMavzu: Insonning tushunishga doir dualistik va monostik qarashlar mohiyati Reja: 1) Dualizm haqida tushuncha 2) Monostik qarashlar mohiyati 3) Xulosa Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) – bir-biri b-n birlashtirib boʻlmaydigan holatlar, tamoyillar, fikrlash tarzi, dunyoqarash, intilish va gnoseologik tamoyillar yonma-yon mavjudligini targib qiluvchi taʼlimot. D. plyuralizm koʻrinishlaridan biri. D. terminini nemis faylasufi X. Volf (1679— 1754) kiritgan. D. quyidagi juft tushunchalarni ifodalaydi: gʻoyalar dunyosi va voqeiy dunyo (Platon), xudo va iblis (yaxshilik va yomonlik tamoyili), xudo va dunyo, ruh va materiya, tabiat va ruh, jon va tan, obyekt va subʼyekt, bilim va eʼtiqod, u dunyo va bu dunyo, tabiat saltanati va ilohiy marhamat saltanati va b. D. falsafiy, diniy, antropologik, etik shakllarda namoyon boʻlishi mumkin. Qad. davrda diniy-etik D. Avestoda uchraydi. Unda dunyo taraqqiyoti jarayoni bir tomondan yaxshilik, haqiqat, yorugʻlik, ikkinchi tomondan, yomonlik, jaholat, qorongʻulik oʻrtasida abadiy kurash sifatida tasavvur qilinadi. D. falsafada dunyoning negizida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan ikki mustaqil narsa – ruh va materiya mavjud deb bilishida koʻrinadi. Bu ayniqsa R. Dekart va I. Kant qarashlarida koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Gegel D.ni idealistik monizm asosida, yaʼni mutlaq gʻoya va borliq oʻrtasidagi qarama-qarshilikni dialektik sintez asosida bartaraf qilishga urinadi. Monizmning boshqa shakllari ham shu yoʻldan boradi. D. keyingi vaqgda psixologiyadagi psixofizik parallelizm na-zariyasiga asos boʻldi. Dualizm haqida tushuncha Monizm (qadimgi yunoncha: μόνος — monas — yakka, yagona) — dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substansiya yotadi deb hisoblaydigan taʼlimot. M. dualizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tarixida materialistik va idealistik M. mavjud boʻlgan. Materialistik M. tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni (Anaksimandr), havoni (Anaksimen), gomeomeriya (zarra)ni (Anaksagor), atomni (Demokrit, Epikur), olovni (Geraklit) dunyoning yagona moddiy asosi deb hisoblaganlar. Idealistik M.ning yirik vakili Gegel dunyo va uning hodisalari asosiga dunyoviy gʻoyani qoʻygan. Falsafada M. butun borliqni — tabiat, jamiyat, inson maʼnaviy dunyosini bir deb bilish, ular yagona asosdan kelib chiqqan, bir-birlaridan mutlaqo ajralmas deb hisoblashdir. Tabiatshunoslikda M. jonsiz (noorganik) va jonli (organik) tabiat bosqichlari — oʻsimlik dunyosi, hayvonot dunyosi, insoniyat dunyosini bir asosdan uzoq rivojlanish jarayonini bosib oʻtib, bir-biridan kelib chiqqanligi haqidagi taʼlimotdir. Monizm qarashlar mohiyati Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — „donishlikni sevish“, yunoncha φιλέω — „sevaman“ va yunoncha σοφία — „donolik“) — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri boʻlib inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi. Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini „filosof“ deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa „filosof“ deb atalgan. Keyinchalik „filosof“ soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. F. Bekon va R. Dekart F.ni „tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan“ deb hisoblashgan. X. Volf F.ni „barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan“ desa, Kant F.ga „dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan“ sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F.ga „qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat“ deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni F. deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni F. deb atab, unga „oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan“ sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash F.ning asosiy vazifasi deb bildi. F.ning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik F.si, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F.si, naturfalsafa, fan F.si, tarix va madaniyat F.si, siyosat F.si, din F.si, psixologiya va boshqa kiradi. Bulardan tashqari, hozirgi zamon F.sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va boshqa anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi F. yoʻnalishlari vujudga kelmokda. F.ning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor. Foydalanilgan adabiyotlar1) Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash] OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2) OʻzME. Ikkinchi jild. Toshkent, 2000-yil 3) Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; 4)Moʻminov I. M. Oʻzbekistondagi tabiiyilmiy va ijtimoiyfalsafiy tafakkurtarixidan lavhalar, Download 8.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling