Kompyuter injineringi” fakulteti 610-20 guruh talabasi turg'unov Boburjonning


Download 75.77 Kb.
bet1/3
Sana11.01.2023
Hajmi75.77 Kb.
#1088384
  1   2   3
Bog'liq
T.Z.Mustaqil.ish


MUHAMMADA AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
610-20 GURUH TALABASI
Turg'unov BoburjonNING
TIZIMLAR VA SIGNALLARNI QAYTA ISHLASH”
FANIDAN



Mavzu: Mobil aloqa, raqamli televidenia, suʼniy yoʼldoshli aloqa tizimlarining raqamli modulyatsiya turlari.


REJA:1) Mobil va sun’iy yo’ldoshli aloqa va uning turlari
2) Raqamli televidenia.
3)Quyidagi aloqa tizimlarining raqamli modulyatsiya turlari.


Mobil telefonuyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir.


Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokameraMP3 playerradio va hokazo taʼminot bilan boyitilgan. Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza stansiyasiga bogʻlanadi. Har qaysi baza stansiyasida "uyalar" boʻladi. Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning katta va kichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza stansiyasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari bir-birlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.

Download 75.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling