Kompyuter injiniring fakulteti kompyuter tizimlari kafedrasi


Download 168.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana11.11.2023
Hajmi168.69 Kb.
#1766042
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Jo\'rayeva N

 
 
 
 
 
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: Boshqaruv Qurilmasi 
(BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda
bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini
(boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy 
fursatlarda uzatib boradi, bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira 
uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga
uzatadi, mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli
impulslar generatoridan oladi; Arifmetik-Mantiqiy Qurilma (AMQ) – sonli
va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy
operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim 
modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha 
matematik soprotsessor ulanadi); Mikroprotsessor Xotirasi (MPX) – mashina 
ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo’llaniladigan
axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat
qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi
mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, 


qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; Registrlar – 
uzunligi turlicha bo’la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 
1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bo’lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);
Mikroprotsessorning Interfeys Tizimi – ShKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, 
aloqa bog’lashni ta’minlaydi; o’z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada 
saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim 
shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. Interfeys (ingl. interface) – 
kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa bog’lash va 
unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.

Download 168.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling