Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter Tizimlari" kafedrasi

Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin

Download 23.46 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi23.46 Kb.
#1534738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kte 2m 4

Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:

─ sistemaviy dasturiy ta’minot;

─ amaliy dasturiy ta’minot;

─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.

Operatsion tizimlar har qanday kompyuter tizimining ajralmas qismidir. Shu sababli, operatsion tizimlar kursi har qanday kompyuter ta’limining ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu sohada tez o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, chunki hozirgi kunda kompyuterlar kundalik hayotning deyarli barcha sohalarida - avtomashinalar ichiga o‘rnatilgan qurilmalardan tortib, hukumatlar va transmilliy kompaniyalar uchun eng zamonaviy rejalashtirishning eng murakkab vositalariga qadar keng tarqalgan.

Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, disklardan, printerdan, klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, tarmoq interfeyslaridan va boshqa har xil kiritish/chiqarish qurilmalaridan iborat. Natijada esa ancha murakkab tizim hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul foydalanish juda qiyin vazifadir.

Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling