Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter Tizimlari" kafedrasi


Download 23.46 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi23.46 Kb.
#1534738
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kte 2m 4

Shu sababli, kompyuterlar operatsion tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini va barcha manbalarini boshqarishdir. Ushbu o‘quv qo‘llanmada operatsion tizimlarning asosiy tushunchalari, tuzilishi, asosiy funksiyalari, imkoniyatlari, ularda tarmoq xizmatlari va boshqalar ko‘rib chiqilgan. Uning maqsadi zamonaviy operatsion tizimlarning tabiati va xususiyatlarini iloji boricha aniq va to‘liq taqdim etishdir. Bu vazifa bir necha sabablarga ko‘ra qiyin.

Operatsion tizimlar o‘rnatilgan ko‘plab kompyuter tizimlari va xilma-xilligi mavjud. Bular ichiga operatsion tizimlar ishlaydigan o‘rnatilgan tizimlar: smartfonlar, bir foydalanuvchili ishchi stansiyalar va shaxsiy kompyuterlar, o‘rta o‘lchamdagi umumiy tizimlar, superkompyuterlar, shuningdek real vaqt tizimlari kabi ixtisoslashtirilgan mashinalar kiradi. O‘quv qo‘llanmada keltirilgan asosiy tushunchalar va algoritmlar ham tijorat, ham ochiq manbali operatsion tizimlarda qo‘llaniladigan tushunchalarga asoslanadi. Bizning maqsadimiz ushbu tushunchalar va algoritmlarni bitta operatsion tizimga bog‘lamagan holda umumiy sharoitda taqdim etishdir. Bundan tashqari biz hozirgi kundagi eng mashhur va eng innovatsion Linux, Microsoft Windows va Android kabi operatsion tizimlarni ko‘rib chiqamiz. 4 Ushbu kitobning mazmuni to‘qqizta asosiy bobdan iborat: Birinchi bob operatsion tizimlar va ularning ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar nima, ular qanday vazifani bajaradi, operatsion tizimlarning tuzilishi va ularning asosiy komponentlari qanday yaratilganligi tushuntiriladi. Ushbu boblarda operatsion tizimning umumiy xususiyatlari va foydalanuvchi uchun operatsion tizimning vazifalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari, kompyuter tizimlari tuzilishi va ahamiyati masalalari ko‘rib chiqilgan. Ikkinchi bobda operatsion tizimda jarayonlarni va protsessorni boshqarish masalalari ko‘rib o‘tilgan. Ushbu bobda zamonaviy operatsion tizimlarning yuragi sifatida jarayon, oqimlar va protsessorni boshqarish masalalari tasvirlangan. Jarayon - bu tizimdagi ish birligi. Bunday tizim bir vaqtning o‘zida ishlaydigan jarayonlar to‘plamidan iborat bo‘lib, ularning ba’zilari operatsion tizimning jarayonlaridir


Download 23.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling