Kompyuter injiniring" fakulteti "Kompyuter Tizimlari" kafedrasi


deyiladi. Yangi kompyuterni yaratishda ushbu kompyuterning mashina


Download 165.79 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi165.79 Kb.
#1535337
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kte 2m 6

deyiladi. Yangi kompyuterni yaratishda ushbu kompyuterning mashina 

tiliga qaysi buyruqlarni kiritishni hal qilishi kerak. Bu kompyuterni 

qanday maqsada ishlatilshiga va u hal qilishi kerak bo’lgan vazifalarga 

bog’liq. Kompyuterni loyihalashda murakkabliklarni oldini olish va 

kerakli elektronikaning narxini pasaytirish uchun mashina buyruqlarini 

iloji boricha sodda bo’lishiga harakat qilish odatiy holdir. Mashina 

tillarining aksariyati juda sodda, bu ularga yozishni qiyin va zerikarli qiladi. Vaqt o’tishi bilan amalga oshirilgan bu oddiy kuzatuv, har biri 

pastki mavhumlik (absraktsiya) sathi ustiga qurilgan bir qator 

mavhumlashtirishlarni yaratilishiga olib keldi.

Hozirda kompyuter injineringi va dasturiy injinering, hamda ularga yondosh sohalar mutaxassislari – kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni ishlash jarayonlarini qanday tashkil qilinganligini tushunishlari, hamda ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Kompyuterda ma’lumotlarni ishlash jarayonlari, ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil qilinganligi, ma’lumotlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik choralarini amalga oshirish, hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda – kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda. Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda. Kompyuter arxitekturasi haqidagi ushbu fanni o‘rganish bilan har bir inson – kompyuterning qanday tuzilganligini, uning qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuterning qanday tuzilganligi, qanday ishlashi va dasturlanishiga oid bilimlarni egallash natijasida insonning kompyuter bilan mutaxassis sifatida muloqot qilish saviyasi va kompyuterning imkoniyatlaridan unumli foydalanish darajasi oshib boradi. Hisoblash texnikasi sohasi, hususan kompyuterlarning qanday tuzilganligiga oid nashr qilingan adabiyotlarda asosiy e’tibor, kompyuterni tashkil etuvchi apparat vositalarning qanday tuzilganligi, nima uchun mo‘ljallanganligi, hamda qanday ko‘rsatgichlar asosida ularni tavsiflash mumkinligiga qaratilgan.


Download 165.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling