Kompyuter injiniringi fakulteti «Dasturiy injiniring»
Download 2.48 Mb.
|
1 2
Bog'liqXK696JsVW74wRJP0Riz0E6urgGMEmEEr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- 1.1. Taqqoshlash buyrug’i Ikki o’zgaruvchi qiymatini taqqoslashda CMP(Compare-Taqqoslamoq) buyrug’idan foydalniladi: cmp chap_manba, o’ng_manba
- 1.2. Tarmoqlash buyruqlari
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI «Dasturiy injiniring» kafedrasi Dasturlash uslublari va paradigmalar 2-MUSTAQIL ISH Bajardi: DI 21_10-guruh To’xtayeva.N Qabul qildi: Karimov.M SAMARQAND-2023 Nazariy qism Assemblerda tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dasturlash Qandaydir shart bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab dasturning qaysi bo’lagini ishlatish boshqarilib turiladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: -Agar mantiqiy shart haqiqat bo’lsa, u holda birinchi amallar ketma-ketligi -Aks holda ikkinchi amallar ketma-ketligi bajariladi. Yuqori darajali tillarda bunday holatlarni amalga oshirish uchun if... then ... else yoki if ... else kabi ifodlardan foydalniladi. Ammo assemblerda bunday “murakkab” buyruqlar yo’q. Buning o’rniga mantiqiy shart yoki ifodani haqiqat yoki yolg’on ekanligini tekshirish uchun qiymatlar oddiy usulda taqqoslanadi. 1.1. Taqqoshlash buyrug’i Ikki o’zgaruvchi qiymatini taqqoslashda CMP(Compare-Taqqoslamoq) buyrug’idan foydalniladi: cmp chap_manba, o’ng_manba Taqqoslash uchun ushbu buyruq chap_manba dan o’ng_manba ni ayiradi va agar natija musbat bo’lsa, chap_manba ni katta deb topadi va aksincha. Lekin CMP ning ayirish burug’idan farqi shundaki, u ayirmani biror yerda saqlamaydi, ya’ni maqsad talab qilinmaydi. Taqqoslash bajarilgandan so’ng CMP natijasi turli xil bayroqlar o’rnatilgan yoki o’rnatilmaganligiga qarab aniqlanadi. 1.2. Tarmoqlash buyruqlari Tarmoqlash buyqulari turli bayroqlar o’rnatilgan yoki o’rnatilmaganligiga qarab dasturni turli tarmoqlar bo’yicha harakat qilishini ta’minlaydi. Masalan, CMP orqali ikki qiymatni o’zaro taqqoslab tekshirgan shartimiz bajarilgan yoki bajarilamganligidan kelib chiqib dasturning qolgan qismini turlicha ishlatishmiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun dasturning ma’lum bir qismida shart haqiqat bo’lgandagi bajarilishi kerak bo’lgan buyruqlar ketma-ketligini joylshtirsak, dasturning boshqa qismida esa shart yolg’on bo’lgandagi bajarilishi kerak bo’lgan buyruqlar ketma-ketligini joylashtiriladi. Taqqoslashdan so’ng esa kerakli dastur qismiga “sakrash” orqali o’tamiz, ya’ni kerakli tarmoqga ko’chamiz. Tarmoqlash buyruqlari orqali dasturning xohlagan qatoriga o’tish mumkin. Ikki xil, ya’ni shartli va shartsiz o’tishlar mavjud. Shartsiz o’tishda hech qanday bayroq qiymati tekshirilmaydi va so’zsiz o’tishlar mavjud. Shartli o’tishda esa ma’lum bayroqlar o’rnatilgan bo’lsa, shundagina o’tish yuz beradi. Aks holda hech qanday o’tish bo’lmaydi va tarmoqlash buyrug’idan so’ng keladigan navbatdagi buyruq bajariladi. Shartsiz o’tish JMP (JUMP - Sakrash) buyrug’i orqali amalga oshiriladi: jmp [aniqlovchi] o’tish_manzili Bu yeda aniqlovchi ning burchakli qavs ichiga olinishiga qarab uni dasturchi berishi ham, bermasligi ham mumkin. O’tish manzili esa JMP buyrug’iga dasturning qaysi qatoriga o’tib o’sha yerdan buyruqlarni bajarishni boshlashni ko’rsatadi. Assemblerda nishonlar e’lon qilinganda, ulardan keyin ikki nuqta (:) qo’yish mukin. Download 2.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling