«Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi»yo`nalishi
Download 1.29 Mb.
|
1 2
Bog'liqBuyuk allomalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan a`dabiyotlar
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan boʻlib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jomeʼ as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-taʼrix as-sagʻir”, “At-taʼrix al-avsot”, “At-taʼrixal-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jomeʼ as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Alloma ibn Salohning taʼkidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta boʻlib, takrorlanmaidigan holda esa 4000 hadisdan iborat. Bu sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan boʻlib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar toʻplamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganiga taxminan 1200 yil boʻldi, oʻsha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom taʼlimotida Qurʼondan keyingi ikkinchi oʻrinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda.Abu Ali ibn Sino Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida kichik amaldor oilasida tug`iladi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al- Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko`chib o`tgach, u boshlang`ich maktabda o`qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo`r, mehnatsevar edi. Undagi tug`ma qobiliyat, o`tkir zehn, kuchli xotira o`zaro birikib ketgan edi.
Foydalanilgan a`dabiyotlar1.M.Аbdurаhmаnоvа, D.Irattoxova, U,Xalmuxamedova, N,Inogamova, N.llgarnberdiyeva. O'zbek tili (o'quv qo'llanma). - Toshkent:2. Husanov.N, Xo'jaqulova R., Dilrnurodova N. O'zbek tili (o'quv qo'llanma).3.www.ziyonet.uz4.www.google.uzDownload 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling