«Kompyuter injiniringi» fakulteti «Kompyuter injiniringi»yo`nalishi


Download 1.29 Mb.
bet1/2
Sana26.12.2022
Hajmi1.29 Mb.
#1067249
  1   2
Bog'liq
Buyuk allomalar

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARÍ UNIVERSITETI NUKUS FILIALÍ

«Kompyuter injiniringi » fakulteti

« Kompyuter injiniringi »yo`nalishi

1 kurs (sirtqi) talabasi

Djumanazarova Gulnurning Akademik nutq fanidan

Mustaqil ishi

Tayyorlagan ___________________ G.Djumanazarova

Qabul qilgan ___________________U.Jaksimova

 

 

Buyuk allomalarimizning asarlari

Reja:

I.Kirish

II.Asosiy qisim

a)Buyuk allomalarimizning hayoti

b)Buyuk allomalarmizning asarlari

c)Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi

III.Xulosa

Foydalanilgan a`dabiyotlar

Kirish

Zaminimiz azaldan buyuk allomalar, mutafakkirlar, o‘z zamonasidan o‘zib ketgan daholar yurti bo‘lib kelgan. Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qshchi, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Abu Bakr Qaffol Shoshiy, Abu Mansur Moturidiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Abulmuin Nasafiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy... nomlarining o‘zi bir kitob bo‘ladi. Biri kalom ilmi ustozi, biri falak toqiga narvon qo‘ygan zabardast olim, boshqasi amaliy tibbiyot otasi, biri kalom ilmi durdonasi, yana biri muhaddislar sultonidir.


Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻiyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy boʻlib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yil 20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa koʻpgina olimlardan farqli oʻlaroq al-Buxoriy tugʻilgan sana aniq koʻrsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil oʻz davrining ilmli odamlaridan boʻlib, oʻgʻlining tugʻilgan kunini oʻz qoʻli bilan yozib ketgan qogʻoz zamondosh olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yoʻq. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida oʻsgan. U yoshligidan aql-idrokli, oʻtkir zehnli va maʼrifatga havasi kuchli boʻlib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zoʻr qiziqish bilan egallaydi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling