1. Kalom haqida tushuncha. Kalom ilmiga hissa qo’shgan mutakkallimlar
Download 19.93 Kb.
|
1. Kalom haqida tushuncha. Kalom ilmiga hissa qo’shgan mutakkall
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kalom haqida tushuncha. 2. Kalom ilmiga hissa qo’shgan mutakkallimlar. 3. Abul Hasan Ali ibn Ismoil al-Ashʼariyning hayoti.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti Koreyashunoslik fakulteti Koreys filalogiyasi II-bisqich C – guruhi talabasi Rasulov Alisherning Falsafa fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI Bajardi: RASULOV ALISHER Tekshirdi: IKRAMOVA IRODA REJA 1. Kalom haqida tushuncha. 2. Kalom ilmiga hissa qo’shgan mutakkallimlar. 3. Abul Hasan Ali ibn Ismoil al-Ashʼariyning hayoti. 4. Ashariylar falsafasining rivojlanishi. 5. Asharitlarning fikrlari. 6. Xulosa KALOM – arabcha “ravon nutq, jumla, soʻz” degan manoni anglatadi. Yani islom ilohiyot ilmi ham deyiladi. Kalom ilmi atamasi-diniy aqidaviy g’oya va mafkuralarni ishonchli dalillarga tayanib o’rganishga aytiladi. VIII-asr da arab xalifaligida paydo boʻlgan. Kalom islom diniy taʼlimotini asoslashga harakat qiladi. Kalom ilmi tarafdorlari mutakkallimlar deyiladi. Kalom ilmi ilohiyotchilari faylasuf boʻlmaganlar. Kalom umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat bilan, shialar, murjiʼiylar va barcha diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar jarayonida paydo boʻladi va taraqqiy etadi. Shariyatni islomda e’tiqodga doir nazariy masalalari kalom ilmi masalalari hisoblanadi. Uning asosiy bosh maqsadi mukammal iymonga erishish va dunyo saodatiga musharraf bo’lishdir. Maqsadiga ko’ra kalom ilmi boshqa fanlarga nisbatan sharafli fan hisoblanadi. Bazi xanafiy solihlari tomonidan kalom ilmi haqida salbiy qarashlar bildirilgan. Bu aslida kalom ilmida chuqur ketib aqidasida adashib qolgan mutaassiblar tufayli aytilgan fikrlardir. Zero bu haqda Saad at-Taftazoniy rahamatullohi alayh “Maqosid”ning sharhida aytib o’tgan. Asli haqiqatda esa kalom ilmi baxslari islom qonunlari, kitob, sunnat, ijmo, qiyos va mantiqiy qoidalar asosida joriy bo’lgan. Kalom ilmi mana shu shariy manbalarga muvofiq fandir. Shuningdek kalom ilmi dinimizda hujjatlilikka ehtiyojsiz, mantiqan zaruriy ma’lum bo’lgan nazariyalarga ham to’la mos keladi. Masalan koinotning abadiy emasligi, bir kun kelib yo’qlikka yuz tutishi kabi masalalar shular jumlasidandir. Siyosiy kurashlarda diniy shiorlar ostida olib borilganligi sababli Alloh adolati, mavjud voqeylik Alloh tarafidan yaratilganmi va uni oʻzgartirish mumkinmi , kimni imonli yoki gunohkor deb hisoblab, jazolash kerak degan savollar dolzarb masala edi. Kalom ilmining tanazzuli davom etar ekan Islom olamida falsafa bosh ko’tara boshladi. Albatta, bu jarayon birdaniga sodir bo’lgani yo'q. Falsafaning tarqalishida kalom ilmidagi harakatlarning ham o’ziga yarasha hissasi bor edi. Kalom ilmi o'ziga xos sof islomiy ilm bo’lsa ham unda bir ozmi-ko’pmi falsafiy qarashlar bor edi. Ana o'sha omil musulmonlarga begona bo’lgan fikriy harakat, ya'ni falsafaning tarqalishiga malum darajada ta'sir qildi, desak, mubolag’a bo'lmaydi. O'sha davrda Islom davlati yerlariga aylangan bazi mintaqalarda avvaldan Yunon, Fors va Hind madaniyatining ta'siri o'tgan edi. yunon, fors va suryon tillari ham keng tarqalgan edi. Bunga Iskandar Makidoniskiyning harbiy yurishlari qisman omil bo’lgan edi. Rago, Nasiybiin, Xarron, Jundisobur, Iskandariya, Antokiya kabi shaharlarda yunon falsafasi tarqalgan va unga oid adabiyotlar yunon tilidan suryon tiliga tarjima qilingan edi. Kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor Al-Jaʼd ibn Dirham ijodida kuzatilgan. U uslubda doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson aqli ojizlik qilgan hollardagina Qurʼon oyatlarini ramziy-majoziy maʼnoda talqin qilish mumkin deb hisoblaydi. Va 742-yilda qatl etilgan. Undan so’ng esa Jahm ibn Safvon (745-yilda qatl etilgan), Abul Huzayl (841 yoki 849-yilda vafot etgan.) va Bashir ibn al-Muʼtamir (825-yilda vafot etgan.) uning gʻoyalarini targ’ib qilgan. Jahmning qarashlari muʼtaziliylarga yaqin boʻlgani bois, odatda, bu ikki taʼlimotni bir-biridan farqlamaydilar. Kalom tarixida muʼtaziliylar maktabi taʼlimoti muhim oʻrin egallaganligi sababli. Ularning taʼlimoti al-Maʼmun (827—848) davrida «davlat taʼlimoti» darajasiga koʻtarilgan boʻlsa, al-Mutavakkil (847—861) davrida taʼqibga olinadi. Maʼlum vaqtgacha sunniylikda muʼtaziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda gʻoyaviy qurol rolini oʻynashi mumkin boʻlgan aqrid tizimi mavjud emas edi. Va faqat Qurʼon hamda xadislarga havola qilish bilan cheklanilardi. Aynan muʼtaziliylar oʻzlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islom yoʻlini shakllanishiga bevosita taʼsir koʻrsatdi. Bunday tizim X-asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomning aqidaparastlari bilan murosaga keltirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan al-Ashʼariy (873 — 935) va al-Moturidiy (870—944) amalga oshirdi. Natijada Kalomning ashʼariya va moturidiylik maktabi vujudga keldi. Al-Boqiloniy, al-Juvayniy, ash-Shahristoniy va ar-Roziylar ashʼariya maktabining yirik namoyandalaridan sanalishadi. Ashʼariylar zohiran oʻzlarini muʼtaziliylarga qarshi qoʻyib, hanbaliylar bilan murosa qilishga intilgan boʻlsalarda, dunyoqarashi boʻyicha muʼtaziliylarning aql-idrokka asoslangan yoʻlini davom ettirishadi. Kalomning ikkinchi yirik maktabi — moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy etadi. Ashʼariya maktabi, asosan, shofiʼiylar orasida tarqalgan boʻlsa, moturidiylik hanafiylik masxabi doirasida koʻplab tarafdorlarga ega boʻlgan va, xususan Movarounnahr musulmonlarining asosiy aqidasiga aylanadi.XIII-asrdan Kalom Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshlaydi. Natijada, Ibn Xaldun taʼbiri bilan aytganda, Kalom va falsafani bir biridan ajratish mushkul boʻlib qoladi. Bu hol Baydoviy, Isfahoniy, Ijiy, Taftazoniy, Jurjoniylar ijodida oʻz ifodasini topgan. Yangi va eng yangi davrlarda Jamoliddin al-Afgʻoniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asarlarida Kalom va, ayniqsa, muʼtaziliya gʻoyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib kelgan. Download 19.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling