“kompyuter injiniringi” fakulteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi “Kompyuter arxitekturasi” fanidan 1-mustaqil ishi


operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo, OZU


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1529283
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
komp arxitekturasi M-1.maruza

operativnoye zapominayuщyeye ustroystvo, OZU) deb ataluvchi xotira turiga tushadi. Bu 


xotiraning o‘lchami dastur va o‘yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu xotira turi 
o‘zi nima? Xo‘sh bo‘lmasa kettik.. 
Bu xotira turi vaqtinchalik axborotni o‘zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab operativ 
xotiraga yuklanadi va u yerdan ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki operativ xotiraning hajmi 
qancha katta bo‘lsa, bir paytning o‘zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin 
bo‘ladi (misol uchun ashula eshitib, o‘yin o‘ynash mumkin). 
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab operativ xotiraga yuklab), so‘ng bu dasturdan chiqib 
ketib, yana shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi. 
Chunki kompyuter dastlab operativ xotiraga murojaat qiladi, agar u yerda mavjud bo‘lsa, o‘sha 
yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi. 
Hozirgi zamonaviy o‘yinlar operativ xotiraning katta bo‘lishini talab qiladi. Agar operativ 
xotira talab darajasida bo‘lmasa o‘yin o‘ynash jarayoni sekinlashadi. Shu sababli diskda sotib 
olingan o‘yin talablarini bir ko‘zdan kechirish lozim. 
Operativ xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda shu 
xarakteristikalarga qaraladi. Operativ xotira hajmi va shu xotira ishlaydigan chastota miqdori. 
Operativ xotira hajmi megabaytlarda o‘lchanadi(lekin ko‘pchilik gegobaytlarga ham o‘tib 
ketishdi) 128, 256, 512, 1024, 2048… Dastlab yuklangan dasturlar shu hajmda saqlanadi. Agar 
hajm to‘lib qolsa, birinchi yuklangan ma’lumotlar o‘chiriladi. 
Operativ xotira chastotasi ishlash tezligini aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi 
jarayondir. Misol uchun, 600 megagers (MGS) chastotali operativ xotira 100MB ma’lumotni 10 
sekunda yuklasa, 1000MGS li operativ xotira bu jarayonni 5 sekuntda amalga oshiradi. 
2-rasm.


Operativ xotira ko‘rinishi va plataga(materinskiy plata, motherboard) ulanishi bo‘yicha bir 
necha turlarga bo‘linadi. Hozirgi zamon operativ xotiralar DDR1, DDR2, DDR3 turlarga 
bo‘linadi. Soni kattasi yangirog‘i hisoblanadi. 
DDR1 eskiroq hisoblanadi va bu turi hozirda kamdan kam foydalanuvchilarda mavjud 
bo‘lib, kam bo‘lgani sababli qimmatroqdir. Maksimal ishlash chastotasi 400 MGS gachadir. 
DDR2 keng tarqalgan turi hisoblanadi. Maksimal chastotasi 800 MGS gacha. 
DDR3 zamonaviy, yangi chiqgan operativ xotira turi hisoblanadi. Maksimal ishlash 
chastotasi 1800 MGS gacha. 
Har bir operativ xotira turi o‘zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi 
operativ xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo‘ljallangan plataga DDR2 ni o‘rnatib 
bo‘lmaydi. Chunki har bir operativ xotira turi o‘zgacha ulanish tishlariga ega. O‘lchami bir xil 
bo‘lishi mumkin lekin tishlari o‘rtasida farq bor. Ularni ajrata olmay kuch ishlatib operativ xotirani 
ham platani ham buzib qo‘ymang. 
Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham operativ xotirani ulashda e’tiborga 
olish, uning chastotasini ham bilib qo‘yish zarur. Bu ma’lumotni siz kompyuter platasi xujjatidan 
topishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 
MGS shinada ishlaydigan plataga ulasangiz, operativ xotirangiz ham 533 MGS da ishlaydi. Siz 
800 MGS da ishlash shunaqa sekin bo‘lar ekan deb yuraverasiz. 
Yana bir muhim ma’lumot. Agar siz har xil chastotada ishlaydigan 2 ta operativ xotirani bir 
plataga ulasangiz, umumiy ishlash chastotasi kichik bo‘lgan chastota bilan bog‘liq bo‘ladi. Misol 
uchun 1000 MGS va 600 MGS chastotada ishlaydigan operativ xotirani bitta plataga uladingiz
shunda operativ xotira 600 MGS chastota bilan ishlaydi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling