«Kompyuter injiniringi» fakulteti


Yupqa qatlamlardagi yorug’lik interferensiyasi


Download 0.61 Mb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1336041
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yorug’lik interferensiyasi

Yupqa qatlamlardagi yorug’lik interferensiyasi.

Unga parallel nurlar dastasi tushayotgan bo’lsin. Tushayotgan O nurning bo’linishidan hosil bo’lgan nurlardan ikkitasini: plastinkaning yuqorigi va pastki sirtlardan qaytgan l va 2 nurlarni qarab chiqamiz.





5-rasm. Yupqa qatlamlardagi yorug’lik interferensiyasini kuzatish

Agar linza yordamida ularni P nuqtada uchrashtirsak, ular interferensiyalashadi. υ burchak juda kichik bo’lganda nurlarning yo’llar farqi yetarli darajada aniqlik bilan





formula bo’yicha hisoblash mumkin. Buning uchun b sifatida plastinkaning nur tushayotgan joyidagi qalilinligini olish kerak. Plastinkaning boshqa nuqtasiga tushayotgan nurning bo’lishi hisobiga hosil bo’lgan va nurlarni linza nuqtada yig’di. Bu nurlarning yo’llar farqi b qalinlik bilan aniqlanadi.





6-rasm. Teng qalinlikdagi interfensiyalar

Agar ekranni , ,….. nuqtalardan o’tuvchi sirtga qo’shma bo’ladigan qilib joylashtirsak, unda yorug’ va xira chiziqlar sistemasi paydo bo’ladi. Bu chiziqlarning har biri plastinkaning bir xil qalinlikdagi joylaridan yorug’likning qaytishi hisobiga hosil bo’ladi. Shu sababli bu holda interferension chiziqlarteng qalinlikdagi interfensiyalar deb ataladi.




Nyuton xalqasi.

Yassi plastikani ustiga qavariq linzani qo’yish interferension manzara hosil qiladi. Nyuton linzaning egrilik radiusi bilan xalqalar r radius orasidagi bog’lanishni topdi. Nyuton xalqali deb ataluvchi xalqalar tabiatini tushuntirdi va uni yorug’likning interferensiyalangan nurlarini λ to’lqin uzunligini aniqlash uchun qo’lladi. 1 plastinka bilan 2 linza orasidagi d havo qatlami o’zgarib turadi. M nuqtadagi interferensiyalangan nurlar yo’l farqi havo qatlamiga bog’liq. Xalqalar orasidagi masofa xalqalar soni ortishi bilan kamayadi. ODM uchburchagidan


(4.7-rasm)interferensiyalangan xalqa rx radiusini aniqlaymiz.

rx2 = R2 – ( R – d )2 = ( 2R – d )d


R>>d bo’lgani uchun ( R – d ) ayirmani d ni hisobga olmasak ham bo’ladi.


rx2 =2Rd va M nuqtadagi nur yo’l farqi

Δ = 2d = rx2 / R


Minimum yoritilganlik ( qorong’u xalqalar) Δ = 2d + λ / 2=( 2k + 1) λ / 2 shart bajarilganda yuzaga keladi, bu yerda 2d = kλ. Demak, ,to’lqin uzunligi


λ = 2d / k

Δ = 2d = rx2 / R ni hisobga olib, yorug’lik to’lqin uzunligi uchun quyidagi ifodani olamiz:


λ = rx2 / kR

bu yerda k – qorong’u xalqa soni .




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling