“kompyuter injiniringi” fakulteti


Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari


Download 490.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi490.1 Kb.
#1543136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3,3 - Mustaqil ishi KOMPYUTER TARMOQLARI

Birinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
1980-1990 yillarda keng foydalanilgan ushbu mobil avlod standarti uchun 
150MHz-900MHz chastota diapozonidan foydalanilgan. Polosa kengligi 30Khz ni 
tashkil etgan va batariya ta’minoti juda kuchsiz bo’lgan. 1G mobil telefoni faqat 
ovozli ko’rinishda bo’lib, ovozning sifat darajasi ancha past bo’lgan. Mobil 
qurilmasining o’lchami esa ancha katta va foydalanish qo’pol bo’lgan. Stansiya 
bilan mobil qurilmasi o’rtasida analog ko’rinishda signal formatidan foydalanib 
maksimum 2Kbit/s tezlikda ma’lumot almashinilgan. 1G mobil qurilmasi va 
stansiyasi Ushbu avlod mobil qurilmasida ko’plab kamchiliklar va xizmat ko’rsatish 
sifati past bo’lgan, axborot xavfsizligi masalari yechilmaganligi sababli, 2 avlod 
mobil tarmoqlarida ko’plab yangi imkoniyatlar ishlab chiqildi, xizmatlar joriy etildi 
global tarmoqda foydalanish imkoniyatli hal etildi. Ikkinchi avlod aloqa mobil 
tarmoqlari GSM (Global System for Mobiles) standartiga asoslangan 2 avlod mobil 


standarti 1991 yil birinchi marta Finlandiyada joriy etildi. Bu avlod aloqa jarayonlari 
uchun 1 avloddan farqli ravishda raqamli signallardan foydalanildi. 900MHz 
chastota polosa kengligida ishlovchi ushbu standartning ma’lumot uzatish tezligi 64 
Kbit/s gacha oshirish imkoniyati ishlab chiqildi. 2G tarmoqlari foydalanuvchilarga 
ovozli, matnli, rasmli va MMS (multimedia message) xizmatlarini yuqori sifatda 
taqdim eta oldi. 2G tarmog’ida mobil telefonini ishlash uchun kuchli raqamli signal 
talab etiladi, aks holda tarmoqda uzilishlar yuzaka keladi va raqamli signal yoqoladi. 
2G tarmoqlarida xech qanday video xizmatlari joriy etilmadi, ammo 3G 
tarmoqlariga moslab video xizmatlarni qo’shish va yana qo’shimcha xizmatlari 
taqdim etish masalalari ko’rib chiqilgan. 2G mobil tarmoqlari arxitekturasi 2 (G) 
avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib, tarmoq bir 
nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM tarmog’ining 
arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya (NSS), operatsiya 
va qo’llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR va 
boshqalar iborat. 
BSS (Base Station Subsystem) - an’anaviy uyali telefon tarmog’ining bo’limi bo’lib, 
u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o’rtasida 
signalizatsiya uchun javob beradi. 
BTS (Base Transceiver Station) - mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir. U 
tarmoq va mobil telefon o’rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun javobgardir. 
U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio signallarining 
modulyatsiyasi / demodulyatsiyasi bilan shug’ullanadi. 
BSC (Base Station Controller) - bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) 
boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil 
kommutatsiya markazi (MSC) o’rtasidagi interfeysni ta’minlaydigan tarmoq 


elementidir. Mobil kommutatsiya markazi (MSC/ Mobile Switching Center) - GSM 
/ CDMA uchun ovozli qo’ng’iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa 
xizmatlarni (masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma’lumotlari) 
marshturlash uchun javob beradigan asosiy xizmat ko’rsatish tuguni hisbolanadi. 
Barcha mobil telefonlardan mobil qo’ng’iroqlar va PSTN-dan mobil qo’ng’iroqlar 
G-MSC orqali marshturlanadi.
NSS (Network switching subsystem) – tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi 
(NSS) (yoki GSM yadro tarmog’i) asosiy stansiyalar tarmog’ida roumingda mobil 
telefonlar uchun qo’ng’iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish 
funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi. 
AuC (Authentication Centre) - Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni 
istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog’idagi yana 
bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini tekshirish 
orqali amalga oshiriladi. 
HLR (Home Location Register) - bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa 
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo’qmi, xizmatlar 
kabi turli xil ma’lumotlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi. 
VLR 
(Visitor 
Location 
Register) 
– yangi hududga kirib boruvchi 
faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga 
oladi. Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming 
funktsiyalarini qo’llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server. 
PSTN (Public switched telephone network) - umumiy foydalanishdagi telefon 
tarmog’i - bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan 
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va 


xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo’ylab simli infratuzilma orqali ovozli 
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir.

Download 490.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling