“kompyuter injiniringi” fakulteti


To’rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari


Download 490.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi490.1 Kb.
#1543136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3,3 - Mustaqil ishi KOMPYUTER TARMOQLARI

To’rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
2000 yildan oldi to’rtinchi avlod mobil texnologiyalarini rivojlantirish va 
joriy etish masalalari boshlangan bo’lsa, birinch marta 2009 yilning oxirida 
Stokgolm va Oslo shaharlarida TeliaSonera operatori 4G tarmog’ini ishga tushirdi. 
Undan keyin dunyoda Finlandiya ikkinchilardan bo’lib, 4G tarmog’ini ishga tushirdi. 
4G tarmog’ida ma’lumot uzatish tezligi 100Mb/s-1Gb/s gacha etishi mumkin. 
Shuningdek, 1G-3G mobil tarmoqlari qo’llab quvvatlagan barcha xizmatlariga 
qo’shimcha mobil multimedia, global mobillilik, integrasiyalangan simsiz yechimlar, 
shaxsiylashtirishlgan xizmatlar va boshqa xizmatlar to’plamini qo’llab quvvatladi. 
4G tarmoqlari 2GHz -8GHz chastota diapozonida ishlaydi va polosa kengligi 
100MHz teng. Ma’lumot uzatish tezligi juda yuqori va IP texnologiyasini to’liq 
qo’llab quvvatlaydi. Batariya quvvati talab dajarasida ishlay oladigan 4G 
smartfonlar orasidagi axborot xavfsizligi darjasida yuqori va xizmat ko’rsatish sifafi 
(QoS) talab darajasid. 4G mobil tarmoqlari arxitekturasi 4G mobil aloqa tarmoqlari 
3G avlod tarmoqlari kabi ikki standart asosida ishlab chiqildi: WiMAX (Worldwide 
Interoperability for Microwave Access) va LTE (Long-term evolution). Dunyoda 
ba’zi mamlakatlar 4G tarmog’ini WiMAX texnologiyasi va ba’zilari LTE 
texnologiyasi asosida qurib kelmoqda. 
WiMAX texnologiyasi 2001 yilda birinchi marta ishga tushurilgan bo’lib, simsiz 
keng polosali aloqa texnologoiyasi IEEE 802.16e standartlari to’plami asosida 


ishlab chiqilgan va OFDMA (Orthogonal Frequency Division Multiple Access) 
texnologiyasiga asoslangan ushbu standart asosida ma’lumot uzatish tezligi 
soniyasiga 12Mbit/s yetadi. LTE tarmoqlarining asosiy elementlari haqida qisqacha 
ma’lumot keltirib o’tamiz. 
UE (User Equipment) – Universal Mobil Telekommunikatsiya Tizimi va 3GPP 
Long Term Evolution-da foydalanuvchi uskunasi to’g’ridan-to’g’ri oxirgi 
foydalanuvchi foydalanadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Bu qo’lda ishlaydigan 
telefon, mobil keng tarmoqli adapter bilan jihozlangan noutbuk yoki boshqa har 
qanday oxirgi qurilma bo’lishi mumkin. 
EPC (Evolved Packet Core) - LTE tarmog’inig yadrosi bo’lib, u quyidagi 
funktsiyalarni bajaradigan tarkibiy qismlardan iborat: harakatchanlikni boshqarish, 
autentifikatsiya, xizmat ko’rsatish sifati, IP-paketlarni yuklash va yuklab olishni 
marshrutlash, IP-manzilni ajratish va boshqalar. MME (Mobility Management 
Entity) – UE va EPC o’rtasidagi, shuningdek eNodeBs va EPC o’rtasidagi signal 
almashishlarni boshqaradi. 

Download 490.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling