Kompyuter injiniringi
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
4.610-17.Tursunova D.m.ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- “MULTIMEDIYA INJINIRINGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
- 3-rasm.Analog signalni raqamli signalga aylantirish
- Kvantlash qadami
- Foydalanilgan adabiyotlar 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNVERSITETI FARG‘ONA FILIALI “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI “AXBOROT TEXNALOGIYALARI” KAFEDRASI “MULTIMEDIYA INJINIRINGI” FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish doirasidagi normativ va xuquqiy aktlar
Bajardi:
Tursunova.D Guruh:
610-17. Qabul qildi:
Sotvoldiyeva.D Baho: ________________<<__>> _______2020 y.
Fergana-2020.y Mavzu:Analog signallarni raqamlashtirishda diskretlash va kvantlash. Reja: 1. Analog signallarni raqamlashtirishda diskretlash va kvantlash. 2. Analogli signallarni raqamli signallarga aylantirish. 3. Raqamli (diskret) signallar. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari.
1-rasm.Signallarni diskretlash va interpolyatsiyalash. Xozirgi kunda, jaxonda xususan O‘zbekistonda analog radiotexnika va axborot texnalogiyalaridan raqamli(diskret) texnalogiyalarga sekin asta
o‘tmoqda.Shu o‘rinda signallarni uzatish va qabul qilish xam analogdan raqamli ko‘rinishga o‘tyapti. Raqamli yoki diskret signallar bu analog signallarni vaqt bo‘yicha kvantlab, kodlangan signallardir.Analog signallarni diskretlash natijasida 1-rasmda ko‘rsatilgani kabi diskret signal xosil bo‘ladi.Diskret signallarni qayta analog signallarga aylantirish jarayoni interpolyatsiya deyiladi.1-rasmda oddiy zinasimon interpolyatsiyalangan signal ko‘rsatilgan. Ayni damda yurtimiz hududlari raqamli televideniya bilan to’liq qamrab olinmoqda. Endilikda asosiy muammolardan biri raqamli video va ovoz signallarini sifatli uzatish masalasini hal qilishdan iborat. Shu o’rinda ovozli signallar raqamli televideniyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Inson ikki quloq bilan eshitish qobiliyatiga ega va ovozni qaysi tarafdan kelayotganligini 10 gacha aniqlik bilan biladi. Shu sababli ovozni analog - raqam signalga o‘zgartirish jarayonida avvalo eshitish qobiliyati xususiyatlarini hisobga olish kerak. Ovozni raqamlashtirishda 16 razryadli tekis kvantlash sanog‘i qo‘llanilib, undan katta bit ifoda belgisi sifatida, ya’ni ushbu signal sanog‘ining musbat yoki manfiyligini (qutbliyligini) ko‘rsatadi. Ovoz signalining balandli o‘zining yuqori (maksimal) qiymatiga yaqin bo‘lishiga yo‘l qo'ymaslik kerak, chunki bunda ARO‘ da signalning cheklanishi va tiklanayotgan ovozning buzilishi namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun studiya traktida ovoz signallarini analog-raqam o‘zgartirishda kvantlash sanoqlari ДА=16 - 24 bit/sanoq va diskretlash chastotasi f d = 96 kGs bo‘ladi. Bunday yuqori diskretlash chastotasini tanlash ARO‘ ning kirishidagi PCHF ni soddalashtirishni ta’minlaydi va ovoz signalining 20kGsdan yuqori tashkil etuvchilarini oson so‘ndiradi. Agar ARO‘ ning kirishiga ovoz signalining f d /2 dan yuqori chastotali tashkil etuvchisi kirsa (Kotelnikov shartining buzilishi), unda ovozning tiklanish sifati buziladi. Studiya kanallarida A=16 bit/sanoq, diskretlash chastotasi f d =48kGs va kodlashtiriladigan ovoz signallarining diapazoni M=20....20000Gs qilib olinadi. Bunda katta bit ishorani belgilaydi, ya’ni signal sanoqlari ishorasi manfiy yoki musbat ekanligini ko‘rsatadi. 2-rasm.Ovoz signalini kvantlash sathi. Ovoz signallarini o‘zgartirishda “diskretizatsiya” termini o‘rniga “semplirovanie” so‘zi inglizcha (Sample - namuna) qo‘llaniladi, ya’ni ARO‘ natijasida olingan raqamli ma’lumotlar ketma-ketligi tushuniladi. Agar 16 razryadli kodlash qo‘llanilsa, ovozning dinamik diapazoni 90dB bo‘lishi mumkin, ammo real xolatda, dinamik diapazonni siqish - kengaytirish natijasida 50 - 60 dBgacha kamaytirish mumkin. Bunda signal qiymati kichik bo‘lganda kvantlash shovqinining miqdorini kamaytirish va signal qiymati katta bo‘lganda ARO‘ni cheklanishlardan saqlash mumkin bo‘ladi. Televideniyeda tasvirning ovoz tashkil etuvchi signalini uzatishda 2 turdagi audiointerfeys ishlatiladi: • birinchi tur- ikki kanalli ketma - ket balansli professional interfeys AES / EBU yoki IEC 958;
• ikkinchi tur-ikki kanalli ketma - ket balanslanmagan maishiy apparaturalar interfeysi SPDIF yoki IEC 958. Raqamli oqimni shakllantirishda 192 ta ketma - ket kadr birlashtirilib, ma’lumotlar bloki yaratiladi va maxsus bitlar yordamida- signal haqidagi axborot (mono yoki stereo), kiritilgan o‘zgartirishlar va jamlangan foydalanuvchi haqida ma’lumotlar uzatiladi.
AES/EBU standarti bir qator diskretlash chastotalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi, ulardan televideniye uchun 48kGs chastotasi ancha qulaydir, chunki ma’lumot blokining davom etish vaqti 4ms dan iborat. Ovozni diskretlash chastotasi va videokadr chastotasi orasidagi nisbat sodda qilib belgilangan bu o‘z navbatida raqamli video va ovoz signallarini bitta aloqa liniyasidan uzatish va sinxronizatsiya qilishni soddalashtiradi.
3-rasm.Analog signalni raqamli signalga aylantirish. Analogli signallarni raqamli signallarga aylantirishning turi usullari bor. SHulardan eng ko‘p tarqalgani signalni vaqt bo‘yicha diskretlashtirish va sathi bo‘yicha kvantlashdan iborat. Diskretlashtirish-signallarni qisqa muddatli ketma-ket keladigan impulslarga almashtirish demakdir. Bunday diskretlashtirilgan amplitudaviy- impulsli modulyator yordamida bajariladi. Uning bitta kirishiga diskretlanuvchi analogli signal berilsa, boshqasiga qisqa muddatli ketma-ket impulslar beriladi. Analogli signallarni ketma-ket keluvchi impulslar orqali tasvirlashda interval qancha kichik olinsa, aniqlik shuncha yuqori bo‘ladi. Biroq bunda raqamli signallar soni ortib ketadi. SHu sabali eng qulay echimni tanlab olish zarur bo‘ladi. bu echim V.A.Kotelnikov teoremasi orqali beriladi. Diskretlash davrida signalning sanoq qiymtlari turlicha bo„ladi. Signal sathiga muvofiq ravishda kvantlash usuli bilan signalning sanoq qiymatlarini raqamli signallarga aylantirish mumkin.Kirish kuchlanishi o‘zgaradigan U max
dan U min gacha bo‘lgan oraliq 2 n intervalga bo‘linadi.Intervalning kengligi Kvantlash qadami deyiladi.Signal kvantlanganda va aksincha raqamli signal qaytadan analogli signalga aylantirilganda ma‘lum bir buzilishlar hosil bo‘ladi.Bu esa Kvantlash shovqini deyiladi. Analogli signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi qurilmalar ikki qismdan-amplitudaviy-impulsli modulyator va kvantlovchi qismlardan iborat.
4-rasm.Signallarni qatorlar yordamida kvantlsh.
5-rasm.Xonalar boylab tenglashtirish usuli bilan signallarni kvantlash. Bu yerda PAA-raqamli signallarni analog signallarga aylantirgich; MП-mikroprotsessor; Raqamli (diskret) signallar.Raqamli signallar ikki xil diskret almashuvchi bor yo‘q signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi ma‘lumotlarni ta‘svirlash mumkin.Bunda elektrik implusning borligi -1,yo‘qligi-0 bilan ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o‘rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi.Unda ma‘lumot nuqta << . >> va tire <<->> lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida ,masalan V harfi << … >> kabi belgilangan.Telegram simlari orqali bu harfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta cho‘ziq signal ishlatilishi mumkin.Ammo bunday uzatish tezligi nihoyatda past.Modem kompyuterda hosil qilgan ma‘lumotni uzatish uchun raqamli signallardan foydalanish ham,tez ham qulay va
aniq bo‘ladi.Ammo hozir ham ko‘pgina aloqa qurilmalari (telefon,telegraf,radio,telvideniya) analog signallar bilan ishlaydi.Bu muammodan qutilish uchun modem zarur.Modem raqamli signali analogli signalga ham (Modulyatsiya),analogli signalni raqamli signalga ham (Demodulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir.Modem ichki yoki tashqi bo‘lishi mumkin.Ularni tanlashda quydagilarga e‘tibor berish lozim:-Tashqi modem alohida qurilma bo‘lib,alohida elektr toki sarfini talab etadi.Ammo uni turli kompyuterlar bilan ishlatish mumkin.U Sistema blokdagi kemtma-ket portlardan biriga kabel orqali ulanadi.-Ichki modem sistema bloki ichidagi stolga ulanadi va qo‘shimcha elektr quvvati talab etmaydi.Modemning asosiy ko‘rsatkich uning ma‘lumot almashinish tezligi hisoblanadi.Bu tezlik bot(bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi. Ananaviy telefon liniyalarida modem orqali ma‘lumot almashishning maksimal tezligi 60kbit/sek bo‘lishi mumkin. Tezlik bo‘yicha modemlarni to‘rt gruhga bo‘lish mumkin 1.Tezligi past modemlar(1200,2400,4800bit/sek). 2.O‘rtacha tezlikdagi modemlar(9600,14400bit/sek) 3.Yuqori tezlikdagi modemlar (28800,33600,56000 bit/sek) 4.O‘ta yuqori tezlikdagi modemlar.
Xulosa Ayni damda yurtimiz hududlari raqamli televideniya bilan to’liq qamrab olinmoqda.Shuning uchun studiya traktida ovoz signallarini analog-raqam o‘zgartirishda kvantlash sanoqlari ДА=16 - 24 bit/sanoq va diskretlash chastotasi fd= 96 kGs bo‘ladi. Bunday yuqori diskretlash chastotasini tanlash ARO‘ ning kirishidagi PCHF ni soddalashtirishni ta’minlaydi va ovoz signalining 20kGsdan yuqori tashkil etuvchilarini oson so‘ndiradi. Xozirgi kunda, jaxonda xususan O‘zbekistonda analog radiotexnika va axborot texnalogiyalaridan raqamli(diskret) texnalogiyalarga sekin asta
o‘tmoqda.Shu o‘rinda signallarni uzatish va qabul qilish xam analogdan raqamli ko‘rinishga o‘tyapti. Raqamli yoki diskret signallar bu analog signallarni vaqt bo‘yicha kvantlab, kodlangan signallardir.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. X.Nig‟matov, “Radioelektronika asoslari”, T.: O‟zbekiston, 1994 y. U- 5006/1
2. S.F.Amirov, “Elektronikaning nazariy asoslari”, T.: Talqin, 2008 y. U- 6833
3.A.S.Karimov va boshqalar. “Elektrotexnika va elektronika asoslari”, T.: O‟qituvchi, 1995 y. 464 b. U-5186/2 4. F.E.Evdokimov “Umumiy elektrotexnika”, T.: O‟qituvchi, 1995 y. 388 b. U-5225/5 Foydalanilgan internet resurslari. 1.www.ZiyoNet.uz 2.prezi.com 3.www.refer.uz Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling