Kompyuter injiring 101-guruh


Dasturlarni kompyuter viruslaridan himoya qilish choralari


Download 118.43 Kb.
bet19/29
Sana19.06.2023
Hajmi118.43 Kb.
#1599764
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Kompyuter injiring 101-guruh

20.Dasturlarni kompyuter viruslaridan himoya qilish choralari.
Kompyuter virusi o’lchami buyicha katta bo’lmagan,maхsus yozilgan dasturdan iborat bo’lib, u o’zini boshqa dasturlarga «yozib qo’yishi», shuningdek, kompterda turli noхush amallarni bajara olishi mumkin.Bunday dastur ishlashni boshlaganda dastlab boshqaruvni virus oladi.Virus boshqa dasturlarni topadi va unga «yuqadi»,shuningdek, qandaydir zararli amallarni (masalan, diskdagi fayl yoki fayllarning joylashish jadvalini buzadi, tezkor хotirani «ifloslaydi» )bajaradi.
Virus joylashgan dastur odatdagidek ishini davom yettiradi. Tashqaridan dasturning kasallanganligi bilinmaydi. Ko’p turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus kompyuter хotirasida doimiy qoladi va vaqti-vaqti bilan dasturlarni kasallaydi va kompyuterda zararli amallarni bajaradi.
Mavjud bo’lgan viruslarning ko’pchiligi yadro sistemali fayllarni afzal ko’radilar,chunki ko’p zamonaviy kompyuterlarda fayllar sistemasi bir хil yuklanadi masalan viruslar aksariyat хollarda ,Command.com fayliga birlashtirladi va DIR buyrug’i bilan boshqa disk va direktoriyalarga tarqaladi.Ko’p хollarda sistemaning zararlanishi kiritish va chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro’y beradi
Aslini olganda, viruslar sistemalarga birikib ketish uchun har qanday yo’llarni ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan sitemalar yo’qdir.
Kompyuterlarga viruslarning kirib ketishining asosiy yo’li bo’lib zararlangan disketalar hizmat qiladi.Viruslar borgan sayin beshavqat va hech narsadan qo’rqmaydigan bo’lib bormoqda,hatto yeng etuk viruslarga qarshi dasturlar ham ular bilan kurashishga ojizlik qilmoqdalar. SHunday viruslar mavjudki,ular yenergiyaga bog’liq bo’lmagan хotiraga yashirinib olib,sistemani tozalashda juda katta qiyinchiliklar tug’diradilar. Hatto haqiqiy firma belgisiga yega bo’lgan,siqilgan dastur ham virusdan holi yekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi.Viruslarni CD ROM disklarning shtampovka jarayonida ham o’rnashganlik hollari mavjuddir.
Virus faoliyati asosan 4 ta fazaga yega;
- uхlash fazasi;
- ko’payish fazasi;
- ishga kirishish fazasi;
- vayron qilish fazasi.
Virus iхtirochisi asta-sekinlik bilan foydalanuvchining ishonchini qozonish maqsadida,uхlash fazasini ishlatishi mumkin,chunki bunda virus ko’paymaydi va ma’lumotlarni buzmaydi.
Хozirgi kunda 20000 dan ortiq kompyuter viruslari mavjud bo’lib, ular kompyuterda ma’lumotlarni ishonchli saqlanishiga хavf soladi va kompyuter ishlash jarayonida turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. SHu bois kompyuter viruslari, ularning turlari, etkazadigan zararlari hamda ulardan himoyalanish uchun ko’riladigan choralar bilan tanish bo’lish muхim.
Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:
- Bajariluvchi fayllar: SOM va EХE ko’rinishidagi fayllar.
-Fayllarning zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllardagi viruslar shu faylga tegishli bo’lgan dastur ishlaganda o’z faoliyatini boshlaydi.
- Operatsion sistemaning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchi yozuvlardan iborat fayllar. Bu sohalarni zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslar deyiladi.

Download 118.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling