6. «Soliq» axborot tizimlari kompleksi.
«Soliq» axborot tizimlari kompleksi soliq organlari tomonidan aholi va tadbirkor sub’yektlariga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini, sifatini va ochiqligini oshirishga, belgilangan tartibni soddalashtirishga va ularni yetkazib berish vaqtini qisqartirish shu bilan birga soliq organlari faoliyati to’g’risidagi axborotni oshkoraligini va foydalanishni kuchaytirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratib beradi.
7. “Sog’liqni saqlash sohasida interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun “Sog’liqni saqlash” axborot tizimlari kompleksi.
Mazkur tizim aholi uchun xizmtalar sifatini yaxshilashga, bemor va aholi uchun yo’naltirilgan barcha tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va foydalanishda qulaylik yaratish uchun imkoniyat yaratib beradi.
8. «Davlat boshqaruvi» kompleks axborot tizimi.
«Davlat boshqaruvi» kompleks axborot tizimining asosiy maqsadlaridan biri davlat organlarini statistik ma’lumotlarning ishonchli dalillar asosida o’z vaqtida va to’liq sarlavhalar bilan ta’minlab berish.
9. «Kommunal» kompleks axborot tizimi.
«Kommunal» kompleks axborot tizimining asosiy maqsadlaridan biri Davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, oshkoraligi va samaradorligini oshirish, kommunal xizmatlari uchun aholining qarzlarini qisqartirish, iste’molchilarga axborot xizmatlarini yaxshilash va aholiga xizmatlar ko’rsatish uchun davlat xizmatlari xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini yaratib berishdir.
10. «Budjet» Axborot tizimlari kompleksi.
«Budjet» Axborot tizimlari kompleksi budjet jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yagona metodolgiyasi bo’yicha budjet korxonalarning ma’lumotlarini saqlash va ishlov berish imkoniyatini yaratadi.
11. «Adliya-2» axborot tizimi.
«Adliya-2» axborot tizimi sudlar va ularning qarorlari, notariat faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni, sud qarorlari ijrosi shuningdek axborot faoliyati to’g’rsidagi axborotni saqlash fuqarolarning davolari qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston Respublikasining sudlarining ish jarayonini avtomatlashtirish uchun mo’ljalangan.
12. «Litsenziya va ruxsat beruvchi jarayonlar» Kompleks axborot tizimi.
Mazkur axborot tizimi litsenzyalarni ro’yhatga olish organlarining axborot-texnologik ta’minotining sifatini oshirish va litsenziyalarni berish va ro’yxatdan o’tkazish jarayonlarini elektron ko’rinishga o’tkazishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |