Chakana to’lovlarni real vaqt rejimida amalag oshirish klirinig tizimi.
Kliring tizimi jismoniy shaxslar, soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tadbirkorlik sub’yektlari uchun to’lovlarni, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi provaydelarni, onlayn to’lovlar, banklar uchun chakana to’lovlar va komissiyasiz bank to’lovlarini bajaradigan markazlashgan tizimini yaratishga imkoniyat berdi.
2. «Xarid» Axborot tizimlari kompleksi.
«Xarid» axborot tizimi maqsadi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat va korporativ xaridlariga jalb etish uchun, raqobatni rivojlantirish, davlat va kopororativ buyurtmalarni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash va tovar (xizmatlar) narxlarini optimallashtirish yo’li bilan moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda qulay sharoitlar yaratadi.
3. «Bojxona» Axborot tizimlari kompleksi.
Mazkur tizimning maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilar uchun bojxona rasmiylashtirish jarayonlarining vaqtini qisqartirish, tadbirkolar uchun O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari yordamida yuklarni olib o’tish haqida ma’lumotlarni olish, reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza va Jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasini avtotransport vositalarida kesib o’tilishi to’g’risida Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan ma’lumot taqdim etish imkoniyatlarni yaratadi
4. «Ta’lim» axborot tizimlari kompleksi.
Ushbu tizim aholiga milliy va xalqaro standartlar javob beradigan va axborot jamiyati hayotiga moslashish va shu asosda shaxsni shakillanishi uchun zamonaviy talablar darajasida sifatli ta’lim xizmatlarni olish uchun barcha imkoniyatal yaratadi.
5. «Nafaqa» Axborot tizimlari kompleksi.
«Nafaqa» Axborot tizimlari kompleksi keksa kishilar uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qog’oz shaklida olishni istisno etuvchi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar to’lashga mablag’larni o’z vaqtida moliyalashtirishni, to’lov xujjatlarni shakllantirish ularning turlariga ko’ra buxgalteriya, pensiya va nafaqalarni moliyalashtirish monitoringini olib borish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |