Kompyuter lingafon sinflari va unda ishlatgan dasturlar
Download 19.57 Kb.
|
KOMPYUTER LINGAFON SINFLARI 4
KOMPYUTER LINGAFON SINFLARI VA UNDA ISHLATGAN DASTURLAR Reja: 1. Kompyuter lingafon sinflari haqida ma’lumot. 2. Kompyuter lingafon sinflari uchun dasturiy vositalar. 3. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llash. Virtual laboratoriya mashg'ulotlarining imkoniyatlari. Virtual laboratoriyalarni yaratishning maqsadlaridan biri-o'rganish jarayonini har tomonlama to'liq vizuallashtirish, asosiy vazifalardan biri-o'quvchini jarayonining mazmun-mohiyati to'liq idrok etish va tushunishdir. Virtual laboratoriyaningvazifalari: -ko'rgazmali illustratsiya va o'rganiladigan qonunlarning to'g'riligini isbotlash; -o'tkaziladigan tajriba (eksperiment)larning mutlaqo xavfsizligi hamda Sinfda havoning tozaligini ta'minlash; -tajribalarni yakka tartibda bajarish imkoniyati, bu esa ta'lim oluvchilar mustaqilligining, ularning konstruktorlik qobiliyati va texnik uddaburonligining rivojlanishiga ta'sir o'tkazmay qolmaydi; -dars vaqtida virtual laboratoriya ishlarini bajarish nazariy hamda amaliy mashg'ulotlar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etadi, bu o'qitish sifat va, samaradorligi o'quvchilarning mustaqil bilish faolligi ortishiga ko'maklashadi; -virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi tadqiqotchilik harakteridagi tadqiqotlarni o'tkazish uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi,ma'lum metodik jihatdan asoslangan vaziyatlarda ulardan real laboratoriya qurilmalariga qo'shimcha sifatida foydalanish mumkin; -kompyuterdagi laboratoriya nostandart va muammoli vaziyatlarda o'quvchilarning subektiv tajribasini ta'minlaydi. -ta'lim muassasasi o'quv jarayoniga ochiq dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarini joriy qilish; -seminar mashg'ulotlari doirasida amaliy topshiriqlarni bajarish; -malaka oshirish bo'yicha mashg'ulotlarni o'tkazish. Virtual laboratoriyalarningimkoniyatlari: qimmat laboratoriya asboblarini sotib olishga ehtiyojning yo'qligi. Virtual jarayonni boshqarish kompyutеrning zimmasiga tushishini hisobga olib, kiritilayotgan paramеtrlarni o'zgartirib, tajribalar sеriyasini o'tkazish imkoniyati mavjudligi; o'tkazilayotgan laboratoriya tajribasini vaqtning boshqa masshtablarida kuzatish mumkinligi. Bundan tashqari, virtual axborot-ta'lim laboratoriyasi sharoitida o'quv modеllashtirish orqali bilimning yangi sohalarini o'rganishda o'quvchilarning atrof olamdagi hodisalarni bilishga oid mustaqil faolligi ortadi, hayotiy faoliyati davomida yuzaga kеladigan muammolarning yеchimi, variantlarini mustaqil topish malakasi, olingan bilimlarni amaliyotda qo'llashgatayyorlik shakllanadi. Dеmak, o'quvchilarning mustaqilligini rivojlantirishga ko'maklashadigan virtual laboratoriyalardan foydalanish, elеktron ta'limiy kompyutеr mahsulotin ijoriy qilishda muvaffaqiyatning uzviy qismi sanaladi. Topshiriqlarning elеktron shaklda: audio, vidеo, animatsiyalarni qo'llagan holda bеrilishi talabalarda kuchli qiziqish uyg’otadi. Laboratoriya topshiriqlari natijalarining avtomatik tarzda jamlanishi, o'qituvchiga yеngillik yaratadi. Laboratoriya mashg’uloti topshiriqlarining talabalar tomonidan qayta takroriy bajarilishi asosida ko'nikma va malakalarningtarkib topish jarayoni jadallashadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimediya vositalarini mashg'ulotlarda qo'llash afzalliklari asosida bolalarga kompyuter texnalogiyasini o'rgatish, bolada -har bir mavzu bo'yicha dinamik ko'rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarinitasavvur qilish. O'qituvchilar komp'yuter texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish bilan birga quyidagilarni amaliyotda qo'llay olishi lozim: Yangi o'quv materiallarini tushuntirishda kompyuterning namoyish imkoniyatlaridan foydalanish; -internet, o'rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy mahusulotlar asosida darslarni tashkil etishi; -darsga metodik tayyorlanish, qo'shimcha axborotlarni izlash va tizimlashtirish,didaktik materiallarni tayyorlash; -kompyuter texnologiyalari asosida o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarishda foydalanish malakalari. Elektron taqdimot darsda slaydlardan ko'rgazmali material sifatida foydalanish o'qituvchi uchun keng imkoniyat yaratadi. O'quv materialining elektron taqdimotida animatsiyalar asosida o'tilayotgan materialning berilishi mavzuni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishini yengillashtiradi va ko'rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o'quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Slaydlarga o'quvchilar o'zlarini munosabatini bildirishi,uni tahlil qilishi mumkin. Bu orqali o'quvchilar quyidagi malakalarga ega bo'ladilar: -grafika axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha; -muhokama etilayotgan mavzu bo'yicha xulosalar va savollarni shakllantirish; -o'zining o'quv- biluv faoliyatini rejalashtirish; Boshlang'ich ta'lim o'quv darslarida axborot majmui-ma'lumotnomalar, entsiklopediyalar, virtual kutubxonalar, geografik xaritalar, rasmlar, chizmalar, animatsiyalar,matnlar, tasviriy axborotning statistik va dinamik ifodalari, ovozli obrazlar (yozilgan ovoz,musiqa va boshqalar) foydalanish mumkin. Bugungi kun o'qituvchilariga qo'yilayotgan talab,dars jarayonida axborot texnologiyalarni qo'llay olishi,o'quvchilarni kompyuterdan erkin foydalanishga,zamonaviybilimlarni puxta egallashga,ma'nan yetuk shaxs bo'lib yetishiga o'rgatishdan iborat. Boshlang'ich ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo'lib, bu o'qituvchi vao'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir. Axborot kommunikatsion texnologiyalar - bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim etishda barcha imkoniyatlarni o'zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday texnologiya- bu axborot texnologiyalari bo'lib, uning negizini ma'lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash tashkil etadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida, yangiliklardan boxabar bo'lgani holda, dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. .Boshlang'ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarning kayfiyati,qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko'nikmalarini namoyon qiladi.Internet texnologiyalarining kirib kelishi o'quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko'nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta'limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etib, o'quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o'rgatishdan iboratdir. Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'qituvchiga: - darsni zamonaviy tarzda modellashtirish; - bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo'shimcha ma'lumot va axborotlarga ega bo'lish; - nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi. Boshlang'ich ta'lim jarayonida multimediyadan foydalanish o'quvchilarga: - fanga qiziqish uyg'otish, o'z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash; - ensiklopedik ko'rinishdagi axborotlarni tezkor olish; - mavzuni o'rganishda o'zi uchun qulay bo'lgan tezlik va o'zlashtirish darajasini tanlash; - zamonaviy axborot - kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy ishlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi. Multimedia - bu obyekt va jarayonlarni an'anaviy matn shaklida emas, balki fotorasm,video, chizma, animatsiya, ovoz yordamida namoyish qilishdir . Multimediali darslar quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yordam beradi: - fan bo'yicha asosiy bilimlarni o'zlashtirish; - o'zlashtirilgan bilimlar izchilligini ta'minlash; -o'z - o'zini nazorat ko'nikmasini shakllantirish; - bilim olishga bo'lgan ehtiyojini rivojlantirish; - o'quvchilarni o'quv materiali ustida mustaqil ish olib borishlarida o'quv - metodik yordam ko'rsatish. Boshlang'ich sinflarda fanlarni multimedia texnologiyalari asosida o'qitish katta samara beradi. Buning uchun esa mashg'ulotlarning har bir mavzusi bo'yicha dars ishlanmalari yaratilishi lozim. Ana shu ishlanma asosida barcha mavzularga oid axborot texnologiyalari vositalari yordamida bayon etilishi lozim bo'lgan nazariy va amaliy materiallarning electron taqdimoti shakli tayyorlanadi. Dars ishlanmalariga taqdimot slaydlar tayyorlanib,videoproyektorlar orqali o'quvchilarga tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Multimediali taqdimot nafaqat matnli va ko'rgazmali balki ovozli, animatsiyali bo'lishi o'quvchilartomonidan mavzuni mukammal o'zlashtirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining ta'lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad - aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo'lgan o'quv faoliyatlariningyangi turlarini yaratishdir. Xulosa qilib shuni aytish joyizki, ta'lim-tarbiya jarayonini tubdan isloh qilishdan Download 19.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling