14
2. Mantiq algebrasiga asoslanilgan trasformatsion
metodda gapning shakli
o’zgartiriladi, lekin bu uning mazmuniga tasir ko’rsatmaydi. Bu metod asoslari Amerika
tilshunosligida Ch.Liz va Xomskiylar tomonidan ishlab chiqilgan.
3. Matematika statistik
metodidan tilshunoslikda, ayniqsa, til o’rgatish jarayonida keng
foydalaniladi. Buning uchun muayyan tilda qo’llaniluvchi fonemalar, leksemalar, so’z shakllarining
ishlatilish chastotasi tekshiriladi.
Matematik mantiq asoslari
Dastlab matematik mantiq faqat tabiiy fanlarda qo’llanilib kelindi,
keyinchalik u gumanitar
sohalariga ham tadbiq etilgan.
Mantiq – muhokama yuritishning qonun- qoidalari, usullari va formalari haqidagi fan bo’lib,
uning asoschisi qadimgi grek olimi
Aristotel hisoblanadi. U birinchilardan bo’lib
deduktsiya
nazariyasini, yani mantiqiy xulosa chiqarishning formal xarakterga ega ekanligini ko’rsatdi.
Aristotelning
talimoti Farobiy,
Beruniy, U. Xayyom, A.Navoiy kabi buyuk olimlar
tomonidan davom ettirildi.
Nemis
faylasufi va matematigi G.Leybnits (1646-1716) birinchilardan bo’lib mantiqiy
fikrlashning hisob xarakteriga ega ekanligini ko’rsatdi.
Uning fikricha, barcha ilmiy tushuncha va
mulohazalarning asosini mantiqiy elementlar tashkil qiladi. Mana
shu mantiqiy elementlarni
muayyan simvollar bilan belgilash mumkin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: