Kompyuter lingvistikasi


Har qanday elementlarning yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamning ayrim elementlari  ayrim hollarda kesishadi.  N(a, b, c)


Download 349.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/32
Sana23.04.2023
Hajmi349.08 Kb.
#1385001
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter lingvistikasi

 
1. Har qanday elementlarning yig’indisi to’plam deyiladi. To’plamning ayrim elementlari 
ayrim hollarda kesishadi. 
N(a, b, c)
M ( a, e, d). Bu erda a kesishgan. 
Nazariy to’plam metodidan tilshunoslikda ko’p manoli so’zlarning tahlilida foydalanish 
mumkin. M-n: ko’z so’zi: 1. Odamning ko’zi. 2. Taxtaning ko’zi. 3. Buloqning ko’z.i. 4.Uzukning 
ko’zi. 
 
A) ko’rish organi belgisi. 
B) muayyan bir shaklga ega bo’lish
V) juftlik belgisi
G) bo’rtib chiqqanlik 
D) cheti botiqlik belgisi
E) muayyan bir materialdan iborat bo’lish belgisi. 
1.Odamning ko’zi – a ,b, v
2. Taxtaning ko’zi – b,v,g,e
3. Buloqning ko’zi – b,v
4. Uzukning ko’zi – b,v,g,d,
 


14 
2. Mantiq algebrasiga asoslanilgan trasformatsion metodda gapning shakli 
o’zgartiriladi, lekin bu uning mazmuniga tasir ko’rsatmaydi. Bu metod asoslari Amerika 
tilshunosligida Ch.Liz va Xomskiylar tomonidan ishlab chiqilgan.
3. Matematika statistik metodidan tilshunoslikda, ayniqsa, til o’rgatish jarayonida keng 
foydalaniladi. Buning uchun muayyan tilda qo’llaniluvchi fonemalar, leksemalar, so’z shakllarining 
ishlatilish chastotasi tekshiriladi. 
Matematik mantiq asoslari 
Dastlab matematik mantiq faqat tabiiy fanlarda qo’llanilib kelindi, keyinchalik u gumanitar 
sohalariga ham tadbiq etilgan. 
Mantiq – muhokama yuritishning qonun- qoidalari, usullari va formalari haqidagi fan bo’lib, 
uning asoschisi qadimgi grek olimi Aristotel hisoblanadi. U birinchilardan bo’lib deduktsiya 
nazariyasini, yani mantiqiy xulosa chiqarishning formal xarakterga ega ekanligini ko’rsatdi. 
Aristotelning talimoti Farobiy, Beruniy, U. Xayyom, A.Navoiy kabi buyuk olimlar 
tomonidan davom ettirildi. 
Nemis faylasufi va matematigi G.Leybnits (1646-1716) birinchilardan bo’lib mantiqiy 
fikrlashning hisob xarakteriga ega ekanligini ko’rsatdi. Uning fikricha, barcha ilmiy tushuncha va 
mulohazalarning asosini mantiqiy elementlar tashkil qiladi. Mana shu mantiqiy elementlarni 
muayyan simvollar bilan belgilash mumkin bo’ladi. 

Download 349.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling