Fanlar hamisha o'zaro uzviy bog‘liqlik va hamkorlikda ish ko'radi, ular bir-birisiz yashay olmaydi. Jumladan, kom pyuter lingvistikasi fani ham bundan mustasno emas. Kompyuter lingvistikasi mantiq, infor atika, statistika, semiotika, kibernetika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalaribilan o‘zaro aloqadorlikda ishko‘radi.
- mumtoz tilshunoslikda til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda ko'ribchiqiladi. Ya’ni mum toz tilshunoslik insonga yo'naltirilgan bo'ladi va uning faol ishtirokida qabul qilinadi. K om pyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida insonni istisno qiladi va u ko‘proq kompyuterga moslashtiriladi;
- mumtoz tilshunoslik ko'proq tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasi esa masalani miqdoriy xarakteristikalarva aniq parametrlar asosida hal etadi. Demak, mumtoz tilshunoslik ko‘proq tavsifiy bayonga asoslansa, kompyuter lingvistikasi miqdoriy (kvantitativ) tavsifga, algoritmlash, modellashtirish, statistik tahlilga asoslanadi;
- mumtoz tilshunoslikning tahlil obyekti tabiiy til hisoblanadi va talililda uning m avjud barcha im koniyatlari e’tiborga olinadi. Kompyuter lingvistikasida esa ko'proq sun’iy tillar (programm alashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi, tabiiy tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib (NLP), kompyuterga moslashtiriladi
- mumtoz tilshunoslik ko‘proq nazariy xarakterga ega bo‘lib, tilshunoslikning nazariy masalalari bilan shug'ullanadi. Kompyuter lingvistikasi esaamaliy xarakterga ega b o iib , til bilan bog`liq muammolarning amaliy jihatlariga e’tibor qaratadi hamda uni aniq maqsadga yo'naltirilgan dasturlar, metodlar, tizimlar yordamida hal etish bilan shug‘ullanadi;
Vin diogrammasi
E`tiboringiz uchun rahmat. - E`tiboringiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |