O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 1-kurs magistranti Rashidova Oynisaning Pedagogikaning pragmatik aspektlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: Kompyuter pedagogikasining konseptual asoslari. Reja: 1. Kompyuter pedagogikasining konseptual asoslari. 2.Kompyuter texnalogiyalaridan foydalanishning samaradorligi. 3.Kompyuter texnalogiyalaridan foydalanishning mazmun mohiyati 4.Bugungi kundagi texnalogiyalarning pedagogikadagi muhimligi. Pedagogik kompyuter texnologiya - o'qituvchi va o’quvchi faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko‘ra pedagogik texnologiyaning tuzilmasi aniqlanadi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni mazmuni, texnologik jarayondan iborat bo’ladi Har bir pedagogik tcxnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asosalanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta'lim maqsadlariga erishishmng falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi Ta’lim jarayoni mazmuni ta'lim jarayoninmg umumiy va aniq maqsadlari, o'quv material mazmunidan iborat bo’ladi Boshlang’ich sinfda bola ilk bor ta‘limda mustaqillikni namoyon eta boshlaydi va u faol fikrlash faoliyatiga hamda mustaqillikka qanchalik oʻrganishiga uning umumta‘lim bosqichidagi ta‘limining muvaffaqiyati bog’liq boʻladi. Mazkur muammoni hal etishni koʻpgina tadqiqotchilar yangi axborot texnologiyalaridan ta‘limda keng foydalanishda, ya‘ni oʻquv-tarbiya jarayonini eng yangi texnologik vositalar, birinchi navbatda kompyuter texnikasi va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish bilan tashkil etishda koʻradilar. Bolaga nafaqat kompyuter bilan oson va erkin muloqot qilishga, balki-hamkorlikdagi faoliyatning barcha natijalari uchun shunchaki insonning irodasini, rejasini bajaradigan mashina emas, insonning oʻzi mas‘uliyatga ega boʻlishini tushunishiga imkon berishi zarur. Shu tariqa, bolada oʻzining hatti-harakatlari uchun shaxsiy mas‘uliyat hissi rivojlanadi. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib oʻquv jarayonini tashkil etishning samaradorligi asosan ikki omillar bilan belgilanadi:
pedagogik dasturiy vositalarning sifati bilan
oʻqituvchining maxsus axborot kompetentligi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |