Kompyuter savodxonligi


Download 404.61 Kb.
bet16/81
Sana17.11.2023
Hajmi404.61 Kb.
#1782835
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Adobe Photoshop dasturi hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo
mutaxassislari tomonidan tan olingan dastur hisoblanadi. Buning asosiy
sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti),
deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
Adobe Photoshop dasturining oxirgi versiyalari Adobe Photoshop 7.0, Adobe
Photoshop CS
, Adobe Photoshop CS2 bo‘lib, ular deyarli barcha zamonaviy
texnologiyalarni o‘z tarkibiga olgan. Adobe Photoshop dasturining oynasi
quyidagi ko‘rinishga ega:
Dastur oynasi bir nechta qismdan tashkil topgan:
Dastur sarlavhasi – dastur va joriy ochilgan hujjat nomlarini aks
ettiradi;
Bosh menyu – tasvir ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan barcha farmoyish va
amallar, effektlar, sozlashlarni o‘ziga olgan;
27
Boshqaruv paneli – biror bir uskuna tanlanganida uni sozlash va
ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish uchun foydalaniladi;
Uskunalar paneli – asosiy amallar bajarilishini ta’minlaydigan anjomuskuna va uskunalarni o‘ziga mujassam etgan;
Joriy ochilgan hujjat – bevosita tasvir, fayl nomi va kengaytmasi, rang
tizimi va tasvirlash masshtabi (%da);
Holat satri – joriy masshtabni %da, hujjat hajmi, joriy
bajarilayotgan amal nomini aks ettiradi;
Navigator – tasvir masshtabini ko‘rsatish va ixtiyoriy joyini
kattalashtirish va tanlash;
Ranglar/Namunalar/Stillar (Svet/Obrazsы/Stili) – tasvirda foydalanilishi mumkin bo‘lgan ranglarni tanlash, yangisini qo‘shish, tayyor stillarni qo‘llash;
Tarix/Amallar (Istoriya/Deystviya) – hujjat yaratilganidan (ochilganidan)
boshlab uning ustida bajarilgan barcha amal va ishlovlar ro‘yxati (tarixi);
Qatlamlar/Kanallar (Sloi/Kanalы) – tasvirni tashkil etuvchi barcha
qatlamlar va rang kanallari bilan ishlash.
28

Download 404.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling