Kompyuter savodxonligi


Download 477.78 Kb.
bet1/3
Sana18.12.2022
Hajmi477.78 Kb.
#1029400
  1   2   3
Bog'liq
kiber xavfsizlik


Kompyuter savodxonligi
616-21 guruh talabasi
Xusanov Islomjon
Informatikaga fan sifatida XX asrning 50-yillarida Fransiyada asos solingan. “Informatika” atamasi fransuzcha Informatique va Avtomatique so‘zlaridan tashkil topgan. Bu davrda Amerika va Janubiy Yevropa mamlakatlariga inson imkoniyatlaridan bir necha pog‘ona yuqori turgan, axborotni katta tezlikda qayta ishlay oladigan elektron hisoblash mashinalari (EHM) kirib kelgan va inson kundalik faoliyatining ajralmas qismiga aylangan. 
Yevropa mamlakatlarida bu fan “informatics” sifatida taqdim etilgan. Amerikada u “computer science”, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan. “computer science”, ya’ni kompyuter ilmi nomi bilan mashhur bo‘lgan.

XX asrning 70–80-yillariga kelib kompyuter ilmi faqat olimlarni emas, balki butun jahon jamoatchiligini qamrab oldi. Ishlab chiqarish korxonalari hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanila boshlandi. 
Chunki bu davrda rivojlanish murakkab bosqichga yetdi. Yig‘ilib qolgan ulkan hajmdagi axborotni saqlash, qayta ishlash, uzatish va tezkorlik bilan almashishda jiddiy muammolar yuzaga keldi. O‘z davri ilm-u fanining yangi yo‘nalishi sanalgan “kompyuter ilmi” bu muammollarni o‘rgandi, ularni zamonaviy kompyuter va aloqa texnologiyalari yordamida yechish imkoniyatini yaratdi.

Kompyuter ishlashi uchun unda quyidagi qismlar boʻlishi kerak:


• Quvvat taqsimlagich (Blok pitaniya)
• Ona plata (Motherboard yoki materinski plata, qisqacha plata)
• Mikroprotsessor (CPU, Tosh ham deyiladi)
• Tezkor xotira (RAM, OZU)
• Doimiy xotira (Qattiq disk - HDD, yoki SSD)
Kompyuter ishlashi uchun eng asosiy qismlar shulardan iborat. Diskovod yoki videokarta kabi qismlar qoʻshimcha funksiyalar uchun ulanadi.

Endi, yuqorida sanab oʻtilgan qismlarning vazifasini sanab oʻtaman:



Kompyuterning yuragini tashkil yetadigan qism bu CPU, yaʼni “tosh” hisoblanadi. CPU soʻzini (inglizcha Central Processing Unit) Markaziy Boshqaruv Boʻlinmasi deb tarjima qilish mumkin. Nega CPU eng asosiy qism hisoblanadi? Chunki unda kompyuter ishlashiga oid barcha matematik amallar olib boriladi va bu amallarsiz kompyuterlar ishlamaydi. Bu haqida kelgusi maqolalalarda batafsil toʻxtalib oʻtaman.

Intel mikroprotsessori
Undan keyingi qism tezkor xotira (RAM - Random Access Memory, OZU - Operativnoye Zapominayuщyee Ustroystvo ) bu siz kompyuter ishlayotgan holatida ochib ishlatayotgan dasturlaringizni oʻziga vaqtinchalik yuklab oladigan qism. Masalan, Google Chrome brauzerini ochganingizda, bu dasturni ishga tushirish uchun RAM qismi doimiy xotiradan shu dasturni oʻziga yuklab olib, oʻzgarishlar haqida doimiy xotiraga axborot joʻnatib turadi.

Download 477.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling