Kompyuter savodxonligi
Relyatsion ma’lumotlar ombori
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
9.2. Relyatsion ma’lumotlar ombori.
Ma’lumotlar omborining afzalliklaridan yana biri bir necha ma’lumotlar omborini bir-biri bilan bog‘lab, ma’lumotlar jamg‘armasini yarata olishdir. Elektron jadvallar bilan tanishganimizda ularning ham alohida-alohida sahifalarga joylashgan bir necha jadvallardan iborat bo‘lishi va biron sahifadan turib, boshqa sahifada joylashgan katakchalardagi ma’lumotlardan foydalana olishimiz mumkinligi bilan ham tanishganmiz. Elektron jadvallarda bunday bog‘lanishlar odatda kamdan-kam uchrasa, ma’lumotlar jamg‘armasida omborlar orasidagi bog‘lanishlar juda keng qo‘llaniladi. Masalan, xodimlarning oylik maoshini hisoblash uchun tuzilgan ma’lumotlar ombori xodimlarning ismi-sharifi va mansabini xodimlar bo‘limi ma’lumotlari omboridan oladi. Ish haqi tarqatilgach, ish haqining umumiy miqdori g‘aznaning kirim-chiqimlari saqlanadigan ma’lumotlar omboriga jo‘natiladi. Bu yerdagi bog‘lanishlar doimiy bo‘lib, ma’lumotlar omboridagi axborotlarning ko‘p qismi boshqa omborlardan olinadi. Bunday bog‘lanishlarning tabiati bilan yaqinroq tanishish uchun "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratamiz. Masalani soddalashtirish uchun kutubxonadan faqat o‘quvchilargina foydalanadi va kutubxonada faqat darsliklar bor, deb faraz qilamiz. Kutubxona faoliyatining asosiy maqsadi o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashdan iborat. Buning uchun kutubxonada necha turdagi darsliklar va har bir darslikdan qancha borligi, maktabdagi o‘quv sinflari ro‘yxati va o‘quvchilarning bu sinflar bo‘yicha taqsimlanganligi haqidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarning "kutubxona" ma’lumotlar omboridagi boshqa axborotlardan farqi shundaki, ular boshqa axborot omborlarida yaratiladi va biz yaratayotgan ma’lumotlar omborida tayyor axborotlar sifatida foydalanilishi mumkin. Haqiqatan ham, kutubxonada mavjud bo‘lgan darsliklar ro‘yxati, soni va narxlari buxgalteriya ma’lumotlari omborida "moddiy boyliklarning harakati" sifatida mavjud. O‘quvchilar ro‘yxati esa o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining ma’lumotlar omboridan olinishi mumkin. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar ombori qanday axborotlardan iborat bo‘ladi? Shu haqida fikr yuritaylik. O‘quvchilar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlar ularning ismi-sharifi, tug‘ilgan sanasi, turar joyi manzili, telefoni, ota-onasi, o‘qiydigan sinfi, fanlardan olgan bilimlarining choraklar bo‘yicha bahosi va boshqa ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. Bu ma’lumotlardan faqat bir qismi "kutubxona" ma’lumotlar omborida foydalanish uchun ajratib olinadi. Masalan, o‘quvchining uy manzili yoki informatika fanidan olgan baholari haqidagi ma’lumotlar kutubxona uchun kerak emas, lekin uning ismi-sharifi, sinfi haqidagi ma’lumotlar kutubxonachi uchun zarur. 102 Demak, "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratayotganimizda o‘quv jarayoni ma’lumotlar omboridagi axborotlarning bir qismidan foydalanamiz. Xuddi shunga o‘xshash, kutubxonada mavjud darsliklar haqida ma’lumotlar yig‘ayotganimizda buxgalteriya ma’lumotlar omboridagi axborotlarning bir qismi bizga kerak bo‘lmaydi. Masalan, darsliklarning qaysi tashkilot tomonidan yetkazib berilganligi va bu tashkilotga qachon pul o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar kutubxona uchun zarur emas. Agar biz yuqoridagi ma’lumotlar omborlaridan o‘zimizga kerak ma’lumotlarni ajratib olib, ular asosida yangi ma’lumotlar omborlarini tuzadigan bo‘lsak, u holda ba’zi bir muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, biror sinfga yangi o‘quvchi kelib, u haqidagi ma’lumotlar o‘quv jarayoni axborotlari omboriga kiritilgani bilan kutubxona bu o‘zgarishlardan bexabar qoladi. Yoki maktabga yangi darsliklar keltirilsa va ular haqidagi ma’lumotlar buxgalteriya ma’lumotlar omboriga kirilsa ham, bu "kutubxona" ma’lumotlar omborida aks etmaydi. Shu sababli bu ma’lumotlarni "kutubxona" ma’lumotlar omboriga qaytadan kiritishga to‘g‘ri keladi, bu esa xatolar o‘tib ketishi natijasida turli omborlarda turli axborotlar saqlanishiga olib keladi. Demak, biz "kutubxona" ma’lumotlar omborini yaratayotganimizda boshqa ma’lumotlar omborlaridan foydalanishimiz va ish jarayonida ular bilan doimo bog‘lanib turishimiz kerak bo‘ladi. Boshqa ma’lumotlar omborlari bilan birgalikda ishlaydigan, ya’ni bir necha ma’lumotlar omboridan iborat bo‘lgan va bu omborlar o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lsa, bunday ma’lumotlar ombori relyatsion ma’lumotlar ombori deb ataladi. Relyatsion (relation) so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “munosabat”, “bog‘lanish” degan ma’nolarni bildiradi.
Ma’lumotlar omborlari orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganib chiqamiz. Bog‘lanishlarning o‘zi 4 turda bo‘lishi mumkin: a) birga-bir; b) birga-ko‘p; s) ko‘pga-bir; d) ko‘pga-ko‘p; 103 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling