Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-topshiriq.
6-topshiriq.
1) Excel ni ishga tushiring. Unga biror jadvalni yuklang, uni yangi nom bilan saqlang. Uning birinchi varag‘ini chop eting. Excel da ishlashni tugatib, undan chiqing. 2) Excel ni ishga tushiring. 5-, 6-, 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari sonini ustun ko‘rinishida kiriting. O‘quvchilarning umumiy sonini toping. Jadvalni saqlab qo‘ying. 3) Excel ni ishga tushiring. y=2x+3 funksiyaning x=1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8; 9; 10 dagi qiymatlarini topib, jadval ko‘rinishida tasvirlang. Jadvalni saqlab qo‘ying. 4) Excel ni ishga tushiring. 5-, 6-, 7-, 8- va 9-sinf o‘quvchilari sonini ustun ko‘rinishida kiriting. Ma’lumotlarni diagramma ko‘rinishida tasvirlang. Jadvalni saqlab qo‘ying. 136 5) Excel ni ishga tushiring. 9-sinf o‘quvchilaridan 5 tasining ismi-sharifi va informatika fanidan olgan baholarini kiriting. Ro‘yxatni avval alifbo tartibida, so‘ngra olgan baholari bo‘yicha tartiblab chiqing. Jadvalni saqlab qo‘ying. 7-topshiriq. 1) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimotni taqdim eting. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting. 2) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimotning sarlavhasini o‘zgartiring va birinchi sahifasiga matn kiriting. Taqdimotni yangi nom bilan saqlang. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting. 3) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimotdagi rasmlardan birini boshqa rasm bilan almashtiring. Taqdimotni yangi nom bilan saqlab qo‘ying. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting. 4) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimotga yangi sahifa qo‘shib, unga jadval ko‘rinishida ma’lumot kiriting. Taqdimotni yangi nom bilan saqlab qo‘ying. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting. 5) PowerPoint dasturini ishga tushiring. Unga tayyor taqdimotni yuklang. Taqdimot sarlavhasini o‘zgartiring va uni chop eting. Dastur bilan ishlashni tugatib, undan chiqib keting. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling