Kompyuter savodxonligi
Yong‘inning oldini olish choralari
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.3. Elektromagnit va lazer nurlanishlari.
1.1.2. Yong‘inning oldini olish choralari.
Kompyuterning ichida kamida 4 ta: elektr ta’minoti blokida, mikroprotsessor ustida, vinchester rusumidagi diskda va videoprotsessor ustida ventilator borligining o‘zi kompyuterning qizib ketishi xavfi qanchalik kattaligini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa, respublikamiz sharoitida bahor va yoz oylarida ob-havoning keskin isib ketishi bu xavfni yanada oshiradi. To‘g‘ri, kompyuter uskunalarining qizib ketishi ko‘proq ularning ishdan chiqishiga olib kelsa-da, kuygan uskunalar elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuvga va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Kompyuter qizib ketishining oldini olish uchun ularning korpusidagi ventilyatsion teshiklar berkilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ularga havo oqimlarining bemalol bora olishi uchun kompyuterni devorga taqab qo‘yish, ularni saqlash uchun mo‘ljallangan temir qutilarda turgan holida ishlatish, kompyuter va monitor ustiga qog‘oz varaqlari, daftar va kitoblarni qo‘yish, kompyuter texnikasini ularni changdan saqlash uchun maxsus tikilgan g‘iloflarni yig‘ishtirmay ishlatish taqiqlanadi. Kompyuter texnikasining ashaddiy dushmani havodagi chang bo‘lib, u havoni kompyuter ichiga haydaydigan ventilatorlar tufayli kompyuter ichida yig‘ilib qoladi, ventilatorlarning o‘zi to‘xtab qolishiga olib keladi, elektron uskunalar ustini qoplab, ularning tashqi muhitga issiqlik uzatish imkoniyatlarini kamaytirib, ularning kuyishiga olib keladi. Havodagi chang miqdorini kamaytirish uchun xonaning devorlari, poli va shifti, eshik va derazalarni bo‘yashda faqat moyli bo‘yoqlar ishlatilishi kerak va suvli bo‘yoqlardan bu maqsadda foydalanib bo‘lmaydi. 1.1.3. Elektromagnit va lazer nurlanishlari. Kineskopli monitorlarda, ekrandagi tasvirga qarab 30 000 Voltgacha bo‘lgan yuqori kuchlanish, sistemali blokda 3 000 000 000 Gersgacha bo‘lgan yuqori chastotali elektr signallari mavjud bo‘lib, ularning ikkalasi ham oson nurlana oladi. Bunday nurlarni to‘sib qolish uchun barcha choralar ko‘rilgan va inson sog‘lig‘i uchun xavfli emas. Kompyuter texnikasidan noto‘g‘ri foydalanish, ayniqsa, bitta xonada katta miqdordagi texnika yig‘ilgan, ulardan kun bo‘yi foydalanilgan, xona havosida yetarli miqdorda chang bo‘lgan hollarda bu nurlanish havodagi chang zarralarining oz miqdorda bo‘lsa-da ionlashuviga (zaryadlanishiga) olib kelishi va foydalanuvchilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Buning oldini olish uchun kompyuter xonasiga toza havoning tabiiy ravishda havo shaxtalari orqali va majburiy ravishda ventilatorlar orqali kirishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Kompyuter texnikasi tarkibida lazer nuridan foydalanadigan qurilmalar ham bo‘lib, ular sirasiga kompakt disklarni o‘qish va yozish qurilmalari va lazerli chop etish qurilmalari kiradi. Bu qurilmalar 1-sinf lazerli qurilmalar bo‘lib, ulardagi lazer nuri sog‘liq uchun xavfli emas va qurilmadan tashqariga taralmaydi. Lekin ularni ta’mirlash vaqtida lazer nuriga uning yo‘nalishida va lupa orqali 7 qarash ko‘z qorachig‘iga zarar yetkazishi mumkin va ularni faqat maxsus tayyorgarlik ko‘rgan mutaxassislar ta’mirlashi talab etiladi. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling