Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot Takrorlash uchun savollar
Sichqon bilan ishlash.
Zamonaviy dasturlar bilan ishlashni sichqonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu sichqon yordamida bor-yo‘g‘i bir necha amallarni bajarish mumkin. Lekin ular barcha dasturlarda juda keng qo‘llaniladi: 1) Sichqonni stol ustida harakatlantirish. Bunda sichqonning ekrandagi ko‘rsatkichi ham mos yo‘nalishda harakatlanadi. 2) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini chertish. Bunda ushbu ob’ekt tanlanadi (ba’zan bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi). 3) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini ikki marta chertish. Bunda bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi. 4) Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmani bosish va uni qo‘yib yubormasdan sichqonni harakatlantirish. Bunda ob’ekt sichqonning ko‘rsatkichi bilan birga harakatlana boshlaydi. Tugma qo‘yib yuborilgach, ob’ekt yangi joyda qoladi. Bu amal ob’ektni sichqon bilan sudrash deb ataladi. 5) Sichqonni ob’ektning ustiga olib kelib, o‘ng tugmasini chertish. Bunda ob’ekt ustida shu vaqtda bajarish mumkin bo‘lgan amallardan ba’zilarining ro‘yxati paydo bo‘ladi va ulardan birini uning ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmasini chertish bilan bajarish mumkin. Bu amal kontekst menyuni chaqirish deb ataladi. 6) Sichqon tugmalarining o‘rtasida joylashgan g‘ildirakchani aylantirish. Buning natijasida ekranga sig‘maydigan ob’ekt (ro‘yxat yoki matn) yuqoriga yoki pastga qarab siljiy boshlaydi. Bu amal ob’ektni aylantirish deb ataladi. Bunda agar ob’ekt to‘laligicha ekranda bo‘lsa, uning masshtabi kattalashishi yoki kichiklashishi ham mumkin. 14 Amaliy mashg‘ulot Takrorlash uchun savollar 1. Kompyuter xonasidagi inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillar nimalar? 2. Qanday kuchlanishdagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi? 3. Qaysi omillar insonning tok urishi xavfini kuchaytiradi? 4. Qaysi sabablar yong‘in chiqish xavfini vujudga keltiradi? 5. Kompyuter xonasida zaharlanish xavfi mavjudmi? 6. Kompyuterning qaysi qismi yuqumli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin? 7. Kompyuter qanday qismlardan tashkil topgan? 8. Monitor qanday vazifani bajaradi? 9. Klaviatura nimaga xizmat qiladi? 10. Sistema blokining tarkibiga nimalar kiradi? 11. Qaysi kompaniyalarning protsessorlari keng tarqalgan? 12. Klaviatura tugmalarini nechta guruhga bo‘lish mumkin? 13. Sichqon yordamida qanday amallar bajariladi? 14. O‘nta barmoq bilan matn terishda barmoqlar qaysi tugmalarning ustida joylashgan bo‘ladi? Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling