Kompyuter savodxonligi
Windows dasturining tashqi ko‘rinishi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
Windows dasturining tashqi ko‘rinishi.
Windows dasturi ishga tushganda monitor ekranida uning Ish stoli (Rabochiy stol) paydo bo‘ladi va u ekranni to‘liq egallaydi. Ish stolini uch qismga ajratish mumkin: Ishchi soha (Rabochaya oblast), Masalalar satri (Stroka zadach), Pusk (Boshla) tugmasi. Ekranning asosiy qismini Ishchi soha egallaydi. Unda turli dasturlar va hujjatlarga oid yorliqlar joylashgan bo‘lib, ularning har biri mos dasturlarni ishga tushirish, kerakli hujjatlarni ochish uchun xizmat qiladi. Ekranning pastki qismida Masalalar satri joylashgan bo‘lib, u asosan joriy paytda ishlayotgan dasturlar haqida ma’lumot berish va ularni boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu satrning chap tomonida tezda ishga tushiriladigan dasturlarning yorliqlari joylashgan. O‘ng tomonida esa kompyuter ishga tushganidan boshlab ishlay boshlaydigan, asosan turli xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning yorliqlari joylashgan. Windows XPda masalalar satrining o‘rnini o‘zgartirish, undagi yozuvlarni bir necha qatorga joylashtirish mumkin va shu sababli uni oxirgi paytda Masalalar paneli (Panel zadach) deb ham atashadi. Satrning chap uchida joylashgan Pusk (Boshla) tugmasi Windowsning ichki dunyosiga, ya’ni uning bosh menyusiga kirish uchun xizmat qiladi (rasmning chap tomonidagi menyu). Windows yordamida oynalarni boshqarish. Windows yordamida biror dasturni, masalan Paint grafik muharrirni ishga tushirish uchun Pusk (Boshla) tugmasi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosish bilan uni tanlaymiz (yoki klaviaturadagi Ctrl va Alt tugmalari orasidagi Windows tugmasini bosamiz) va Windowsning menyusiga kiramiz, undan Vse programmы (Barcha dasturlar) bandini tanlab, yana sichqonning chap tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan dasturlar ro‘yxatidan Standartnыe (Standart dasturlar) bandiga sichqon orqali kursorni olib kelsak, standart dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan Paint bandi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosamiz. 18 Natijada Paint dasturi ishga tushadi va ekranda uning oynasi paydo bo‘ladi. Dastur oynasini ekran bo‘ylab surish, oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish, uni butun ekrangacha kattalashtirish, ekrandan yashirib, masalalar satrida qoldirish va dastur bilan ishlashni tugatish uchun uning oynasini yopish mumkin. Bu amallarning barchasi dasturning sarlavha satri orqali bajariladi. Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning sarlavhalari bir xil bo‘lib, bu amallarni boshqa dasturlar uchun ham shu tarzda bajarish mumkin. Dastur oynasini ekran bo‘ylab boshqa joyga sudrab o‘tkazish uchun oyna sarlavhasining tugmalardan bo‘sh joyiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelamiz, uning chap tugmasini bosamiz va qo‘yib yubormasdan, ekran bo‘ylab sudraymiz. Oyna kerakli joyga kelgach, sichqon tugmasini qo‘yib yuboramiz. Oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun oyna chegarasiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelamiz, ko‘rsatkich o‘z ko‘rinishini o‘zgartirgach ( ), sichqonning chap tugmasini bosamiz va uni qo‘yib yubormasdan sichqonni ekran bo‘ylab sudraymiz. Zarur o‘lchamlarga erishgach, sichqonning tugmasini qo‘yib yuboramiz. Ekranning o‘lchamlarini yuqori, past, chap va o‘ng tomondan o‘zgartirish mumkin. Bir vaqtda ikki yo‘nalishda o‘lchamlarni o‘zgartirish uchun sichqonni dastur oynasining burchagiga olib kelib, burchakni sudrash mumkin. Bunda sichqon ko‘rsatkichi kabi ko‘rinishda bo‘ladi. Dastur sarlavhasining o‘ng tomonida joylashgan uchta tugma: dan birinchisi oynani ekrandan vaqtincha yashirib qo‘yish uchun xizmat qiladi. Masalalar satridagi dasturga mos yozuv ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini bosganda ham dastur oynasi ekrandan olib qo‘yiladi va uni yana bir bor bosib, oynani yana ekranga olib chiqish mumkin. Ekrandagi barcha oynalarni bir vaqtda vaqtincha yopish uchun masalalar satrining o‘ng tomonidagi, Pusk (Boshla) 19 tugmasining yonidagi tugmalardan Barchasini yashir (Svernut vse) tugmasi ni tanlash kerak. Ikkinchi tugma ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmasini bossak, dastur oynasi ekranni to‘liq egallaydi. Uning o‘rnida paydo bo‘ladigan tugma ni chertib, dastur oynasini avvalgi holatiga qaytarish mumkin. Uchinchi tugmani chertish bilan dastur bilan ishlashni tugatib, uning oynasini butunlay yopish mumkin. Dastur bilan ishlashni tugatish uchun F10 funksional tugmani bosib, uning bosh menyusiga kirish, undan Fayl bandini va hosil bo‘lgan menyudan Vыxod (Chiqish) bandini tanlash mumkin. Alt va uning tepasidagi lotin alifbosining X harfiga mos tugmalarni birgalikda bosish (Alt+X) ham dasturni o‘z ishini tugatishga majbur qiladi. Yuqoridagi amallarning barchasini oynaning tizim menyusi orqali ham bajarish mumkin. Tizim menyusini chaqirish uchun sarlavhaning o‘ng tomonidagi dastur yorlig‘i bilan bir xil bo‘lgan tugmani bosish kerak. Natijada ekranda quyidagi menyu paydo bo‘ladi va undan kerakli amalni tanlash mumkin. Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling