Kompyuter savodxonligi


Windows dasturining tashqi ko‘rinishi


Download 332 Kb.
bet10/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Windows dasturining tashqi ko‘rinishi.
Windows dasturi ishga tushganda monitor ekranida uning Ish stoli (Rabochiy
stol
) paydo bo‘ladi va u ekranni to‘liq egallaydi. Ish stolini uch qismga ajratish
mumkin: Ishchi soha (Rabochaya oblast), Masalalar satri (Stroka zadach), Pusk
(Boshla) tugmasi.
Ekranning asosiy qismini
Ishchi soha egallaydi. Unda turli
dasturlar va hujjatlarga oid
yorliqlar joylashgan bo‘lib, ularning
har biri mos dasturlarni ishga
tushirish, kerakli hujjatlarni ochish
uchun xizmat qiladi. Ekranning
pastki qismida Masalalar satri
joylashgan bo‘lib, u asosan joriy
paytda ishlayotgan dasturlar haqida
ma’lumot berish va ularni boshqarish
uchun xizmat qiladi. Bu satrning chap
tomonida tezda ishga tushiriladigan
dasturlarning yorliqlari joylashgan. O‘ng tomonida esa kompyuter ishga
tushganidan boshlab ishlay boshlaydigan, asosan turli xizmat ko‘rsatuvchi
dasturlarning yorliqlari joylashgan. Windows XPda masalalar satrining o‘rnini
o‘zgartirish, undagi yozuvlarni bir necha qatorga joylashtirish mumkin va shu
sababli uni oxirgi paytda Masalalar paneli (Panel zadach) deb ham atashadi.
Satrning chap uchida joylashgan Pusk (Boshla) tugmasi Windowsning ichki dunyosiga,
ya’ni uning bosh menyusiga kirish uchun xizmat qiladi (rasmning chap tomonidagi
menyu).
Windows yordamida oynalarni boshqarish.
Windows yordamida biror dasturni, masalan Paint grafik muharrirni ishga
tushirish uchun Pusk (Boshla) tugmasi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini
bosish bilan uni tanlaymiz (yoki klaviaturadagi Ctrl va Alt tugmalari orasidagi
Windows tugmasini bosamiz) va Windowsning menyusiga kiramiz, undan Vse
programmы
(Barcha dasturlar) bandini tanlab, yana sichqonning chap tugmasini
bosamiz. Hosil bo‘lgan dasturlar ro‘yxatidan Standartnыe (Standart dasturlar)
bandiga sichqon orqali kursorni olib kelsak, standart dasturlar ro‘yxati paydo
bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan Paint bandi ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini
bosamiz.
18
Natijada Paint dasturi ishga tushadi va ekranda uning oynasi paydo bo‘ladi.
Dastur oynasini ekran bo‘ylab surish, oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish, uni
butun ekrangacha kattalashtirish, ekrandan yashirib, masalalar satrida qoldirish va
dastur bilan ishlashni tugatish uchun uning oynasini yopish mumkin. Bu amallarning barchasi dasturning sarlavha satri orqali bajariladi. Windows muhitida
ishlaydigan barcha dasturlarning sarlavhalari bir xil bo‘lib, bu amallarni boshqa
dasturlar uchun ham shu tarzda bajarish mumkin.
Dastur oynasini ekran bo‘ylab boshqa joyga sudrab o‘tkazish uchun oyna
sarlavhasining tugmalardan bo‘sh joyiga sichqon
ko‘rsatkichini olib kelamiz, uning chap tugmasini
bosamiz va qo‘yib yubormasdan, ekran bo‘ylab sudraymiz.
Oyna kerakli joyga kelgach, sichqon tugmasini qo‘yib
yuboramiz.
Oynaning o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun oyna
chegarasiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelamiz,
ko‘rsatkich o‘z ko‘rinishini o‘zgartirgach ( ), sichqonning
chap tugmasini bosamiz va uni qo‘yib yubormasdan
sichqonni ekran bo‘ylab sudraymiz. Zarur o‘lchamlarga
erishgach, sichqonning tugmasini qo‘yib yuboramiz. Ekranning o‘lchamlarini yuqori,
past, chap va o‘ng tomondan o‘zgartirish mumkin. Bir vaqtda ikki yo‘nalishda
o‘lchamlarni o‘zgartirish uchun sichqonni dastur oynasining burchagiga olib kelib,
burchakni sudrash mumkin. Bunda sichqon ko‘rsatkichi kabi ko‘rinishda bo‘ladi.
Dastur sarlavhasining o‘ng tomonida joylashgan uchta tugma: dan
birinchisi oynani ekrandan vaqtincha yashirib qo‘yish uchun xizmat qiladi.
Masalalar satridagi dasturga mos yozuv ustiga sichqonni olib kelib, chap tugmasini
bosganda ham dastur oynasi ekrandan olib qo‘yiladi va uni yana bir bor bosib,
oynani yana ekranga olib chiqish mumkin. Ekrandagi barcha oynalarni bir vaqtda
vaqtincha yopish uchun masalalar satrining o‘ng tomonidagi, Pusk (Boshla)
19
tugmasining yonidagi tugmalardan Barchasini yashir (Svernut vse) tugmasi ni
tanlash kerak.
Ikkinchi tugma ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmasini
bossak, dastur oynasi ekranni to‘liq egallaydi. Uning o‘rnida paydo bo‘ladigan
tugma ni chertib, dastur oynasini avvalgi holatiga qaytarish mumkin.
Uchinchi tugmani chertish bilan dastur bilan ishlashni tugatib, uning oynasini
butunlay yopish mumkin. Dastur bilan ishlashni tugatish uchun F10 funksional
tugmani bosib, uning bosh menyusiga kirish, undan Fayl bandini va hosil bo‘lgan
menyudan Vыxod (Chiqish) bandini tanlash mumkin. Alt va uning tepasidagi lotin
alifbosining X harfiga mos tugmalarni birgalikda bosish (Alt+X) ham dasturni
o‘z ishini tugatishga majbur qiladi.
Yuqoridagi amallarning barchasini oynaning tizim menyusi orqali ham
bajarish mumkin. Tizim menyusini chaqirish uchun sarlavhaning o‘ng tomonidagi
dastur yorlig‘i bilan bir xil bo‘lgan tugmani bosish kerak. Natijada ekranda
quyidagi menyu paydo bo‘ladi va undan kerakli amalni tanlash mumkin.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling