Photoshopda, 5 minut davomida haqiqiy qog‘oz chizamiz
Download 396 Kb.
|
Photoshopda qog`oz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quick Mask Mode
- 2. Burn Tool (O)
- Create Layer
- Linear ga, Mode
- Ctrl+Alt+G
Photoshopda, 5 minut davomida haqiqiy qog‘oz chizamizMuallif: Nodir Khalilov Izoh Ushbu darsda, qanday qilib haqiqiy ko‘rinishli qog‘oz chizishni o‘rganamiz. 1. Avvalo dasturni ishga tushiramiz va File > New yoki Ctrl+N tugmalarini bosib, 1280 x 1024 px o‘lchamda yangi oyna ochamiz. Rectangular Marquee (M) asbobini tanlaymiz va oynamiz o‘rtasiga to‘rtburchak chizamiz. Quick Mask Mode’ga o‘tish uchun “Q” tugmasini bosamiz va Filter > Pixelate > Crystallize bandini tanlab quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek moslaymiz. Yangi qavat ochish uchun Ctrl+Alt+Shift+N tugmalarini bosamiz va ranglar orasidan och kulrangni tanlab, Alt+Backspace tugmalarini bosish orqali shaklni oq rangda bo‘yab olamiz va Ctrl+D. 2. Burn Tool (O)ni tanlaymiz, exposure 20%ga moslab, brush size-300ga moslaymiz va qog‘ozimiz kir bo‘lib ketguncha bo‘yaymiz. Filter > Texture > Texturizer va quyidagicha moslaymiz: 3. Ushbu qavat uchun Drop shadowni moslaymiz buning uchun, Layer > Layer Style > Drop shadow: 4. Layers oynasidan ushbu layer ustiga sichqonchamiz o‘ng tugmasini bosamiz va Create Layer bandini tanlaymiz: 5. Endi soya qavatni tanlaymiz ya’ni yuqoridagi bosqich natijasida hosil bo‘lgan layerni tanlaymiz va Ctrl+T tugmalarini bosamiz va sichqonchamiz o‘ng tugmasini bosib, Warp bandini tanlaymiz va quyidagicha moslaymiz: 6. Uskunalar orasidan Gradient (G)ni tanlaymiz va oq-qora ranglarga moslab, Gradient type’ni Linearga, Mode’ni esa, bga moslab, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga, o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga va boshqa yo‘nalishlarda quyidagicha natija chiqquncha chizaveramiz: 7. Menyudan Filter > Stylize > Emboss bandini tanlaymiz va quyidagicha moslab, Ctrl+L tugmalarini bosib, quyidagicha moslaymiz: Ctrl+Alt+G tugmalarini bosamiz va ushbu qavat uchun Blend Mode’ni Overlayga o‘zgartiramiz. Qog‘ozimiz chiroyli ko‘rinishi uchun orqasiga yog‘ochli tekstura qo‘ysak ham bo‘ladi: Manba: psdtuts+ Download 396 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling