Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet11/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Yorliqlar bilan ishlash.
Paint dasturini yuqoridagi usulda, ya’ni Pusk (Boshla) menyusi orqali ishga
tushirish Siz uchun qiyin bo‘lmasligi, lekin sizning olti yoshli ukangiz yoki
farzandingiz uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ikkinchi tomondan, Sizning
o‘zingiz ham dasturlarni tezroq va qulayroq usulda ishga tushirishdan bosh
tortmaysiz. Pusk (Boshla) tugmasi asosan kam ishlatiladigan va malakasiz
foydalanuvchilarning nazaridan yiroqda turgani ma’qul bo‘lgan dasturlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘p ishlatiladigan dasturlarni va boshqalar uchun mo‘ljallangan hujjatlarni ish stoliga joylash mumkin. Buning uchun ish stolida ularga
mos yorliq yaratish kerak.
Paint dasturi uchun yorliq yarataylik. Buning uchun bu dasturni ishga tushirish
uchun zarur bo‘lgan amallarni takrorlaymiz: Pusk (Boshla) tugmasini bosib bosh
menyuga kiramiz, undan Vse programmы (Barcha dasturlar) bandini, hosil bo‘lgan
menyudan Standartnыe (Standart dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan
menyudan Paint bandi ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugma o‘rniga o‘ng
tugmani bosamiz. Natijada yangi menyu paydo bo‘ladi. Bu menyuning nomi kontekst
menyu
bo‘lib, har doim sichqonning o‘ng tugmasini bosish bilan faollashtiriladi va
shu paytda bajarilishi mumkin bo‘lgan amallarning ko‘pchiligi bu menyu orqali
tanlanishi mumkin.
20
Bu menyudan Otpravit (Jo‘nat) bandini tanlab hosil bo‘lgan menyudan
Rabochiy stol (Ish stoliga) bandini tanlaymiz va sichqonchani bosamiz. Natijada
Ish stolida yangi yorliq paydo bo‘ladi. Kontekst menyuda bevosita Sozdat yarlыk
(Yorliq yaratish) bandini tanlab, yorliq yaratish mumkin. Yaratilgan yorliqni sichqon
yordamida sudrab, ish stolining kerakli joyiga joylashtirishimiz mumkin.
Sudrash paytida Ctrl tugmasini ham bosib tursak, yorliq o‘z o‘rnida qolib,
yangi joyda ikkinchi yorliq yaratiladi. Bu usulda birinchi yorliqning o‘zini ham
yaratish mumkin. Barcha oynalarni yopib ish stolini ochamiz, Vse programmы (Barcha
dasturlar
) menyusidan Paint dasturini tanlaymiz va Ctrl tugmasini va sichqonning
chap tugmasini bosib turib, menyu bandini ish stolining bo‘sh joyiga sudrab
kelamiz. Tugmalarni qo‘yib yuborganimizda ish stolida yangi yorliq paydo bo‘ladi va
menyuning Paint bandi ham o‘z o‘rnida qoladi.
Dasturni ish stolidagi yorliq yordamida ishga tushirish uchun uning yorlig‘i
ustiga sichqon ko‘rsatkichini olib kelib sichqonning chap tugmasini ketma-ket ikki
marta bosish kerak. Lekin bu usul ham noqulay bo‘lishi mumkin. Masalan, ekranda
o‘ndan ortiq dasturlarning oynalari mavjud bo‘lsa, yangi dasturni ishga tushirish
uchun ularning barchasini yopib turish kerak. Buning uchun masalalar satridagi
Svernut vse (Barchasini yashir) tugmasi dan foydalanish mumkin yoki dastur
yorlig‘ini har doim ekranda turadigan masalalar satriga Barchasini yashir tugmasi
yoniga sudrab (Ctrl ni bosmasa ham bo‘ladi) olib kelib qo‘yish mumkin.
Dasturlarni Pusk (Boshla) tugmasining ustida joylashgan eng ko‘p ishlatiladigan dasturlar ro‘yxatidan ham tanlash mumkin. Bu ro‘yxat Windows operatsion
tizimining o‘zi tomonidan tuziladi. Lekin foydalanuvchi bu ro‘yxatning yuqorisidagi dasturlarga yangi dasturlarni qo‘shib qo‘yishi mumkin. Buning uchun dastur
yorlig‘i tanlanadi va sichqonning o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyudan Zakrepit
v menyu Pusk
(Boshla menyusiga kiritish) bandi tanlanadi. Natijada Pusk (Boshla)
menyusining yuqori qismida dasturning nomi paydo bo‘ladi.
BBB usuli (Bu usulda trening ishtirokchilari matn o‘qib chiqilgandan so‘ng matnni
o‘qish jarayonida avvaldan bilgan ma’lumotlari uchrasa “Bilaman” ustuniga, yangi
ma’lumotlar bilan tanishsa “Bilib oldim” ustuniga, yana nimalarni bilishni istasa
“Bilishni xohlayman” ustunlariga yozib boradi. Mashg‘ulotlarni olib boruvchi trener
ishtirokchilarning jadvalni to‘ldirishlarini kuzatib, umumlashtirib boradi).



Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling