Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet9/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Mashqlar
Quyidagi mashqlarda matnni klaviaturaga qaramasdan kiriting.
1. v, a, o, l:
alla ola olov lola lava va avval
2. f, o‘, d, j:
dala dalda lof fol jafo jadval dalada jaddol daf vafo jala o‘lja jallod
3. p, r:
arpa parda palov fara opa parvarda pora dara pol rol parvo darrov padar arra
darra opal
4. k, ye, n, g:
yeng keng randa panda karvon parranda jang lang garang aka pakana narvon darranda
karvon gap gal gado yelka dakar parvona gavana nega lavanda kalla yelkan farang
kefir devor
5. m, i, t, g‘:
mador makon madina makkor inkor imkon makka rivoj dori darmon karmon malla
marra tikon tamanno tola tango yetti keldi fatvo tiraj tonna gitara minora
jarida dalida najot
bog‘ to‘g‘ri g‘irrom sog‘lom tog‘ og‘ir
6. u, s, sh, b.
ulkan ukki turtki kulgi tulki gurung umr uddala kufr uka kakku usul usta ustun
uvada tursun sarpo tasalli asl fasl salom salla barpo bol balli bola boda boja
bajar bukir bedor lobar kabi
sharpa tovush kalish kalamush shov shuv sholi shajara shukur
7. s, ch, q, yu:
15
akatsiya sirk funksiya aksiya batsilla pissa sitseron chala chakana chakki chekka chipor
chuchvara chuchmal ancha necha nechta qalpoq qora oq qoq toq oqsoq qadar soqqa qarqara
baqqol yung yumaloq yumshoq yurmoq buyurmoq Yurmala
8. y, ya, z, x:
yil yig‘ilish yilqi ayrim yo‘l ayri ayiq oy soy toycha yo‘lbars yangi yashil yaproq
yaponiya yayra yangra yaypan yadro yalmog‘iz zumrad yalpiz toza zot yumronqoziq o‘zbek ko‘z
zora bozor xato xil taxt baxt mexanika maxovik
9. yo, e, ‘, h:
yombi yoki yomon yong‘oq yomg‘ir yorqin yog‘ yorug‘ yog‘du ekin erkin etika eski esmoq erka echki
ensa esnash elchi e’lon e’tibor va’da ma’lum a’lo san’at ta’kid ma’ruza ehtimol
bahor sahar sahro mahliyo mahorat muhabbat.
16
2. WINDOWS OPERATSION TIZIMI BILAN TANIShUV.
2.1. Windows muhitida dastlabki qadamlar.
! Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing va matn oxiridagi jadvalni to‘ldirishga
harakat qiling.
Faraz qilaylik, siz poytaxtda yashaysiz. Siz nima ish qilishingizdan, hayot
tarzingiz qandayligidan qat’i nazar, Toshkent shahridagi turli idoralarning
tegishli xizmatlaridan foydalanasiz: uyingizni Toshshaharenergo korxonasi
tomonidan yetkazib beriladigan elektr energiyasi yoritadi, Toshshahargaz korxonasi
tomonidan yetkaziladigan tabiiy gaz isitadi, Toshshaharyo‘lovchitransga tegishli
avtobuslarda ishga borasiz, farzandlaringiz shahar xalq ta’limi boshqarmasi
tasarrufidagi maktablarda o‘qishadi, sizning va oila a’zolaringizning sog‘lig‘i
haqida shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tegishli muassasalar qayg‘uradi,
shahar ichki ishlar boshqarmasi posbonlari tinch va xotirjam hayotingizga hech kim
tahdid solmasligini ta’minlashadi, Siz shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan
berilgan litsenziya asosida faoliyat ko‘rsatuvchi do‘kondan o‘zingizga zarur bo‘lgan
narsalarni xarid qilasiz, TTV ko‘rsatuvlarini tomosha qilasiz.
Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin, bu esa biz bilgan va bilmagan
minglab odamlarning mehnati mahsulidir. Bundan tashqari, siz biror faoliyat
bilan shug‘ullansangiz, masalan, kompyuter o‘quv markazi ochgan bo‘lsangiz, sizning
ishxonangiz ham bu xizmatlardan foydalanadi.
Ushbu kitob yozilgan kompyuterda 7 milliarddan ortiq tranzistorlar
mavjud bo‘lib, ularni boshqarish oson ish emas. Kompyuter yordamida nima ish
qilishingizdan, qaysi dasturdan foydalanishingizdan qat’i nazar, Siz va Siz
ishlatayotgan dastur kompyuterning turli ichki xizmatlaridan foydalanadi. Bu
xizmatlarning barchasini kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizim ko‘rsatadi va
kompyuterdagi barcha jarayonlar o‘zaro ziddiyatlarsiz bu tizim orqali
boshqariladi.
Kompyuterlarda keng tarqalgan operatsion tizim Microsoft firmasi
tomonidan ishlab chiqilgan Windows («Uindouz» deb o‘qiladi) operatsion
tizimidir va u shu qadar ko‘p xizmat turlarini taklif qiladiki, uni yana Windows
muhiti deb ham atashadi.
«Window» so‘zi ingliz tilida «deraza, darcha, oyna, tuynuk» degan ma’noni
anglatadi va bu nomda Windowsda bir vaqtda bir nechta dasturlar ekrandagi o‘z
oynalarida bir-biridan mustaqil ravishda ishlay olishiga urg‘u berilgan. Bu esa,
bundan 20 yil oldin, Windows operatsion tizimi yaratilgan paytda kompyuterlarda
uning barcha resurslari bitta dastur tomonidan butunlay egallab olinadigan
boshqa operatsion tizimlarga nisbatan oldinga tashlangan ulkan qadam edi.
Hozirgi paytda Windows XP (eXPerience – tajriba, sinov) operatsion tizimi
keng tarqalgan bo‘lib, u bir tomondan foydalanuvchi va dasturchilarning kompyuter
ustida har qanday tajribalarni o‘tkaza olishlarini anglatsa, ikkinchi tomondan
yangi avlod operatsion tizimlarini yaratishdagi yana bir o‘ta muhim sinov
ekanligini bildiradi.
17

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling