Kompyuter savodxonligi
Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr bo‘ladi, uni faqat Corel Draw
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Corel Draw
- Windows
Corel Draw dasturida yaratiladigan hujjatlarning kengaytmasi *.cdr
bo‘ladi, uni faqat Corel Draw dasturida ochish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, faylni saqlashda qaysi versiyaga moslashtirib saqlash kerakligini ko‘rsatish kerak, aks holda boshqa versiyadagi dasturda fayl ochilmasligi yoki ayrim effektlar yo‘qolishi ehtimoli mavjud. Agarda hujjatda antiqa va maxsus shriftlardan foydalanilgan bo‘lsa, matn va yozuvlarni curves, ya’ni geometrik shakllar ko‘rinishiga aylantirish kerak bo‘ladi. Boshqa vektorli grafika dasturlarining imkoniyatlari Corel Draw dasturiga o‘xshash bo‘ladi, faqat ularni ta’minlash, ijro etish texnologiyasi va mexanizmlari farqlanishi mumkin. 30 3.3. Paint grafik muharririda ishlash. Windows operatsion tizimi tarkibida sodda nuqtali (rastrli) grafik tahrirlash dasturi mavjud, bu dastur nomi Paint bo‘lib, murakkab bo‘lmagan tasvirlarni yaratish va ayrim hollarda tayyor rasmlarga ishlov berish imkonini beradi. Mazkur dasturni ishga tushirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak: • Pusk (Boshla) menyusidan Programmы (Dasturlar) bandini, keyin Standartnыe (Standart) dasturlar guruhidan “Paint”ni tanlash kerak. • Pusk (Boshla) menyusidan Vыpolnit (Bajar) bandini tanlab, hosil bo‘lgan buyruq satriga “pbrush” buyrug‘ini kiritib, OK tugmasini yoki Enter tugmasini bosish kerak. • Natijada ekranda dastur oynasi hosil bo‘ladi. • Paint dasturi oynasi quyidagilardan tashkil topgan: • Dastur sarlavhasi va hujjat nomi; • Bosh Menyu – barcha asosiy farmoyish va amallarni o‘ziga olgan; • Chap tomonda uskunalar paneli – tahrirlash amalini bajaradigan uskunalarni o‘zi ichiga olgan; • Past qismda ranglar atlasi – yaratilayotgan yoki tahrir qilinayotgan tasvirni bo‘yash ranglarini tanlash imkoniyatini beradi; • Holat satri. Paint dasturining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Yangi tasvir yaratib, uni saqlash. 2. Hujjatni boshqa nom va kengaytma bilan saqlash; 3. Tasvirni raqamli fotokamera yoki skanerdan kiritish; 4. Tasvirni tahrirlash; 5. Tasvirni chop etish; 6. Tasvirni o‘chirish; 7. Tasvirni Windows operatsion tizimi ish stoliga joylashtirish. 31 Paint dasturida tasvir ustida barcha amallar uskunalar paneli yordamida amalga oshiriladi. Uskunalar paneli quyidagi anjom-uskuna va uskunalardan tashkil topgan:
Paint dasturida tasvirni saqlash uchun klaviaturadagi Ctrl+S tugmalarini bosish yoki Fayl menyusidan Soxranit (Saqlash) farmoyishini tanlab, hosil bo‘lgan muloqot oynada Imya fayla (Fayl nomi) satriga fayl nomini kiritib, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak. Paint dasturining fayllar ishchi kengaytmasi *.bmp hisoblanadi, lekin tasvir faylini *.jpg, *.png, *.tif, *.gif kabi kengaytmalar bilan ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusidan Soxranit kak... (...kabi saqlash) buyrug‘ini tanlab, hosil bo‘lgan muloqot oynasida Tip fayla (Fayl turi) satrida fayl kengaytmasini tanlab, Soxranit (Saqlash) tugmasini bosish kerak. Fayl nomini kiritish Fayl kengaytmasini tanlash satri 32 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling