Kompyuter savodxonligi
Klaviatura va sichqon bilan ishlash. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuv mashinasi tugmalari.
- Windows
- Holat va xizmat tugmalari.
1.3. Klaviatura va sichqon bilan ishlash.
Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi. Klaviatura yordamida kompyuterga matn va turli farmoyishlar kiritiladi. Klaviatura tugmalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: • Yozuv mashinasi tugmalari; • Holat va xizmat tugmalari; • Kursorni boshqarish tugmalari; • Raqamlarni kiritish yoki kursorni boshqarish tugmalari; • Funksional tugmalar. Yozuv mashinasi tugmalari. Yozuv mashinasi tugmalari o‘zbek, rus va lotin alifbosi harflarini kiritish uchun xizmat qiladi. Bir alifbodan ikkinchisiga o‘tish Alt+Shift, Ctrl+Shift yoki Shift (chap)+Shift (o‘ng) qo‘shtugmalaridan biri orqali bajariladi. Bu qo‘shtugma Windows o‘rnatilayotgan paytda tanlanadi va qaytadan o‘rnatilishi mumkin. O‘zbek tiliga xos bo‘lgan o‘, q, g‘, h harflari o‘zbek tili o‘rnatilgan bo‘lsa, klaviaturada mos ravishda щ, ы, – , = tugmalar orqali kiritiladi. Bundan tashqari, ba’zi dasturlarda o‘zbek tilining bu harflari rus alifbosida Alt+u, Alt+k, Alt+g, Alt+x qo‘shtugmalar orqali kiritilishi (va ular foydalanuvchi tomonidan o‘zgartirilishi) mumkin. Holat va xizmat tugmalari. Holat va xizmat tugmalari quyidagi vazifalarni bajaradilar: • Shift: bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o‘zgartiradi va kichik harf o‘rniga katta harfni kiritadi va aksincha; •
: tugmaga mos boshqarish farmoyishini kiritish uchun mo‘ljallangan; • odatda amaliy dastur yoki foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladigan alternativ farmoyishni berish uchun mo‘ljallangan; • CapsLock
klaviturani katta harflar tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha; • Tab: satrlarni bitta ustun qilib tekislash uchun xizmat qiladi; • Esc: tugallanmagan farmoyishni bekor qiladi; • Enter: keyingi satrga o‘tish farmoyishi; • : kursordan oldingi timsolni o‘chiradi va qolganlarini bitta oldinga suradi; • PrintScreen: ekranning nusxasini oladi va uni almashish buferiga joylaydi; • ScrollLock: kursorni boshqarish tugmalarini ro‘yxatni sudrash tartibiga o‘tkazadi; •
: ishlayotgan dasturning ishini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatadi; • : matnni orasiga yozish tartibidan ustiga yozish tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha; •
kursordan keyingi timsolni o‘chiradi; • : qo‘shimcha tugmalarni raqamlarni kiritish tartibidan kursorni boshqarish tartibiga o‘tkazadi yoki aksincha. 12 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling