Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.5. Sanitariya-gigiena talablari.
1.1.4. Zaharli moddalar.
Lazerli printerning kukuni tarkibiga zaharli moddalar kiradi. Ular qog‘ozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va butunlay zararsizlantiriladi. Printerga tiqilib qolgan qog‘oz sug‘urib olinganda undagi kukunning bir qismi kuydirilmagan bo‘ladi va havoga chang tarzida tarqalishi, kiyim va teriga yuqib, inson organizmiga kirib borishi mumkin. Bunday chala kuydirilgan qog‘ozlarni qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va axlat qutilariga tashlash mumkin emas. Ularni darhol avvaldan tayyorlab qo‘yilgan yupqa sellofan yoki qog‘oz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash kerak. Lazerli printerlarda faqat ularda foydalanish ko‘zda tutilgan qog‘ozlarni ishlatish kerak. Boshqa turdagi, ayniqsa, qipiqlanadigan gazeta qog‘ozlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi. 1.1.5. Sanitariya-gigiena talablari. Informatika darsida o‘quvchilar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o‘laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo‘ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to‘liq shakllanib ulgurmagan o‘quvchilarning badanlari zo‘riqishiga va noto‘g‘ri shakllanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) Kompyuter monitori o‘tirgan o‘quvchilarning ko‘zlari darajasidagi balandlikda bo‘lib, o‘quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo‘lgan masofada o‘tirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 2) Kompyuterning klaviaturasi o‘tirgan o‘quvchilarning bukilgan tirsaklari darajasida bo‘lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan yetarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo‘lishlari kerak. 3) Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko‘rinishidagi mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo‘lsa, ular o‘quvchilarning o‘tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak. 4) Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o‘quvchilar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim. 5) Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko‘p bo‘lishi kerak. 6) Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyatsiya tizimiga ega bo‘lishi lozim. 7) Kompyuter klaviaturasida iflos qo‘llar va o‘stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi. 8) Yuqumli kasalliklar xuruji paytida o‘quvchilar kompyuterda ishlashdan oldin va keyin qo‘llarini sovun bilan yuvishlari kerak. 9) Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig‘ilib qolishining oldini olish lozim. Matnlarning chap tomoniga (har bir yoki bir nechta abzasga) quyidagi belgilardan mosini qo‘yib matnni qayta o‘qing.
8
Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling