Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet13/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Windows menyusining Vse programmы (Barcha dasturlar) bo‘limining
Standartnыe (Standart dasturlar) qismida joylashgan.
Uning ikkita oynasi bo‘lib, birinchisida kompyuterning disklari bo‘ylab
harakatlanish mumkin bo‘lsa, ikkinchisida joriy katalogning tarkibi aks etadi.
U yerdagi biror katalog yoki faylni qayta nomlash uchun bu ob’ektni
tanlaymiz va sichqonni uning nomi ustiga olib kelib yana bir bor bosamiz.
Natijada nom rangi o‘zgaradi va yangi nomni kiritib, Enter tugmasini bosamiz.
Diskning biror yerida yangi katalog yaratish uchun avval shu joyga o‘tib olamiz
va ikkinchi oynaning bo‘sh joyida sichqonning o‘ng tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan
kontekst menyudan Sozdat (Yaratish) bandini, undan esa Papku (Katalog)ni
tanlaymiz. Natijada yangi katalog paydo bo‘ladi va unga Novaya papka degan nom
beriladi va uni bevosita o‘zgartirish va katalogga yangi nom berish mumkin.
Biror katalog yoki faylni o‘chirish uchun uni tanlaymiz va Delete tugmasini
bosamiz. O‘chirish farmoyishini qayta tasdiqlaganimizdan keyin bu ob’ekt nomi
ro‘yxatdan o‘chiriladi, o‘zi esa o‘chirilgan ob’ektlar vaqtincha saqlanadigan Korzina
(Savat)ga jo‘natiladi. Uni keyinchalik, Savatni tozalash paytida qayta tiklash
yoki butunlay o‘chirib tashlash mumkin.
Katalogni yangi joyga ko‘chirish uchun uni tanlaymiz va Ctrl+Insert
qo‘shtugmasini bosamiz yoki kontekst menyuni chaqirib, Vыrezat (Kesib olish) yoki
Kopirovat (Nusxa olish)lardan keragini tanlaymiz. So‘ngra katalogni o‘tkazish
kerak bo‘lgan joyga o‘tib, Shift+Insert qo‘shtugmasini bosamiz yoki kontekst menyudan
Vstavit (Joyla)ni tanlaymiz. Shunga o‘xshash, bir yoki bir necha fayllarni boshqa
joyga ko‘chirish mumkin.
24
Uyga vazifa
Takrorlash uchun savollar
• Operatsion tizim nima vazifani bajaradi?
Windowsning tashqi ko‘rinishi nimalardan tarkib topgan?
Windowsning Pusk (Boshla) tugmasi qanday vazifani bajaradi?
Ish stolidan nimalar o‘rin olgan?
Masalalar satri nima vazifani bajaradi?
Windowsda dasturlar qanday ishga tushiriladi?
• Yorliqlar nima vazifani bajaradilar?
• Yorliqlar qanday yaratiladi?
• Yorliqlar qanday o‘chiriladi?
• Oynalar ustida qanday amallarni bajarish mumkin?
Moy kompyuter (Mening kompyuterim) nima uchun xizmat qiladi?
Provodnik (Boshlovchi) dan qanday amallar uchun foydalanish mumkin?

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling