Kompyuter tarmogʻi


Download 467.5 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi467.5 Kb.
#1729727
  1   2   3   4   5
Bog'liq
cisco 1


1-5-Amaliy ish.

  1. Toppshiriq;Quyidagi savollarga javob yozing.

1.1 Kompyuter tarmogi nima?
1.2 Tarmoq topologiyalari haqida?
1.3 Tizimli shina nima?
1.1.Kompyuter tarmogʻi, EHM tarmogʻi — axborotlarni uygʻunlashtirib almashinish maqsadida uzatish liniyalari orqali bogʻlangan alohida kompyuterlar majmui. Har qaysi axborot isteʼmolchisiga axborotlar zahiralari (maʼlumotlar bazasi, protsessor, xotira va h. k.) dan birgalikda foydalanish uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Kichik hudud (korxona, tashkilot) doirasida foydalaniladigan Kompyuter tarmogʻi lokal (mahalliy), keng hudud (oʻlka, davlat, qitʼa va b.)ni qamrab oladigan Kompyuter tarmogʻi global (umumlashgan) deb ataladi.
Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo‘ladi.
Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Kompyuterlar soniga qarab tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo‘linadi.
Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o‘zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Intenet) deb ham yuritiladi.
1.2.Tarmoq topologiyasi - bu grafik konfiguratsiyasi boʻlib, uning choʻqqilari tarmoqning soʻnggi tugunlariga (kompyuterlar va aloqa uskunalari (marshrutizatorlar)), qirralari esa choʻqqilar orasidagi fizik yoki axborot aloqalariga mos keladi. Tarmoq topologiyasi, shuningdek, kompyuter tarmogʻining turli elementlarini (bogʻlanishlar, tugunlar va boshqalar) joylashtirishdir. Asosan, tarmoqning topologik tuzilishi fizik yoki mantiqiy jihatdan tavsiflanishi mumkin
Topologiya – bu tarmoqning tuzilishi, bog’lanishdagi fizik yoki elektrik konfiguratsiyasi.
Uning bir nechta turlari mavjud.

  • Umumiy shina (Bus)

  • Yulduzsimon (Star)

  • Xalqa (Ring)

  • Darahtsimon (Tree)

  • B
    archa elementlar bir biri bilan to’g’ridan to’g’ri ulangan topologiya (Mesh)

Tarmoqni tashkil qilishda topologiyani tanlash mavjud sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yoki tarmoq mavjut bolsa, uni tiklashda, mavjud tarmoq ishlatadigan standartdan kelib chiqqan holda topologiya tanlanadi.


Siz kompyuterlarni va boshqa (skaner, printer kabi) qurilmalarni ihtiyoriy to’g’ri kelgan, o’zingiz uchun qulay usul bilan bog’lashingiz mumkin. Ya’ni tarmoqni qismlarga ajratib, ularni har hil topologiyada tashkil qilishingiz va topologiyalarni ham o’zaro bog’lashingiz mumkin. Lekin qanday holatda tarmoq tuzishingizdan qat’iy nazar belgilangan standartlardan chiqmaslik talab etiladi. 

Shina topologiyasi

Barcha kompyuterlar bitta (malumotlar shinasi) kabelga ulanadi. Kabelning uchlariga terminatorlar o’rnatiladi. Ethernet tarmoq uchun ularning bo’lishi albatta shart. Bu topologiya asosida 10 Megabitli 10Base-2 va 10Base-5 tarmoqlari tashkil qilinadi. Kompyuterlar aro bog’lovchi sifatida koaksial kabellar ishlatiladi.


Koaksial kabel
Koaksial so’zi lotinchadan olingan bo’lib ko-birgalikda va axis-o’q degan ma’noni anglatadi. U bir biri bilan dielektrik qorlam bilan agratilgan ikki metall silindrlardan iborat bo’ladi.

1-markaziyo’tkazgich (жила)


2- markaziy o’tkazgichning himoya qoplami
3- ekranlovchi o’tkazgich (экран)
4- tashqi himoya qatlami
Bunday holatda tarmoqdagi ulangan qurilmalarni ihtiyoriy o’chrib qo’yish, tarmoq ishiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
10Base-2 tarmog’i uchun u quyidagi ko’rinishga ega.


Yoki mana bunday.

Qanday ko’rinishda joylanganligidan qat’iy nazar u bir hil 10 Megabitli (Umumiy shina) topologiya hisoblanadi. 100 Megabitli tarmoqni tashkil qilishda esa “Yulduzcha” topologiyasi qo’llaniladi.




Download 467.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling