25 маъруза SIMSIZ SENSOR TARMOQLARI Режа: 2. SST ning ishlash rejimlari 3. Simsiz sensor tarmoqlarida marshrutizatsiyalash protokollari 4. Mobil SST 5. Simsiz sensor tarmoqning umumiy foydalanishdagi tarmoqlar bilan bog‘lanishi 7. Simsiz sensor tarmoq tugunlarining energiya ta’minoti 8. SST va IoT SST tipik arxitekturalari va topologiyalari - SST arxitekturasi ikki turga ajraladi: bir turdagi (bir rangli) ierarxik (klasterli). Tarmoqning birdek turda bo‘lishi shundaki, unda barcha tugunlar xabarni yig‘ishda, qayta ishlashda va uzatishda bir hildagi vazifani bajaradi. Ushbu uslub optimal marshrutizasiyaning bajarilishini ta’minlaydi. Ma’lumotlarni etkazib berish marshrutning ba’zi kriteriyalari bo‘yicha eng samarali yo‘li bilan bajariladi, va bu holat tejamkorlikni ta’minlash bilan birga energiya (uzatish marshrut bo‘yicha, energiyaning yuqori zapasi bilan bajariladi) va vaqt (uzatish eng qisqa marshrut bo‘yicha yuz beradi) kabi muhim resurslarni tejaydi. Kritik ahamiyatdagi ma’lumotlar uchun uzatish eng ishonchli yo‘l bilan tashkil etiladi. Ma’lumotlarni agregatlash, agar zarur bo‘lsa, xabarning muvofiqlashtiruvchiga yo‘nalishi bo‘yicha yuz beradi. Agar tarmoq bunday tarzda tashkil etilsa, tugunlar orasidagi aloqaning tuzilishi spontan holatda yuz beradi, va bu paketlarning bir biriga to‘qnashishi va uzatishning tanlangan yo‘lida joylashgan, tinch holatdan chiquvchi tugunlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘siqlarning yuzaga kelishiga olib keladi.
SST tipik arxitekturalari va topologiyalari - Ierarxik marshrutizasiya (daraxtsimon) alternativ usul hisoblanadi. Ushbu tuzilishda tarmoq klaster deb nomlanuvchi sohalarga ajraladi. Klaster marshrutizatorni va oqirgi tugunni yuzaga keltiradi va ulardan sensor ma’lumotlarni so‘rov qiladi (25.1-rasm). Har bir klaster ichida marshrutizator o‘z klasteridan xabarni to‘planishiga, o‘ning qayta ishlanishiga va kelasi uzatilishiga javob beradi. Klasterning boshqa tugunlari faqat ma’lumotlarni yig‘ish va o‘larni marshrutizatorga uzatishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |