Birxillashtirish va agregatlash usullarini o‘rganish. Reja: Agregatlash usullarini o‘rganish


Download 19.72 Kb.
bet1/2
Sana05.02.2023
Hajmi19.72 Kb.
#1166779
  1   2
Bog'liq
Birxillashtirish va agregatlash usullarini o‘rganish.


Birxillashtirish va agregatlash usullarini o‘rganish.
Reja:

  1. Agregatlash usullarini o‘rganish.

  2. Birxillashtirish va agregatlash

AGREGAT [lot. aggrego – birlashtiraman]: Mashinalar, jihozlar, uskunalar (mashinalar majmuasi)ning birxillashtirilgan mustaqil uzeli.
Izoh – agregatlar biri boshqasiga bog‘liq bo‘lmagan holda tayyorlanadi va alohida vazifalarni mustaqil bajara oladigan to‘la o‘zaro almashinish xususiyatiga ega. Agregatlarga, masalan, turli xil agregatlardan jamlangan elektron bloklar, o‘zgartirgichlar, o‘lchash kallaklari, elektr motorlar, nasoslar, reduktorlar, avtomobillarning tayanch modellari, traktorlar, yo‘l-qurilish mashinalari va boshqalar taalluqli bo‘ladi. Natijada turli xil vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan agregatlashtirilgan ishlab chiqarish mashinalari vujudga keladi.
AGREGATLASH: Ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan birxillashtirilgan va standart agregatlar (uzellar), detallar va qismlardan mashina, asbob-uskuna, jihoz va boshqa anjomlar loyihalarini tuzish uslubi.
Izoh – agregatlash har bir yangi mashinani asl nusxa sifatida tuzishni emas, balki ko‘pchilik holatlarda, mavjud mashinalarning tuzilgan loyihasi va ishlab chiqarishda o‘zlashtirib olingan jihatlaridan foydalanish orqali agregatlar va uzellarni ishlab chiqarishga imkon yaratadi. Agregatlash birxillashtirishning mantiqiy davomi hisoblanadi.
ALTERNATIV TALAB: Standartlashtirish bo‘yicha hujjatda yo‘l qo‘yiladigan tanlov doirasida bajarilishi kerak bo‘lgan normativ hujjat talabi. 
 Izoh – alternativ talab quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1) ikki yoki bir qancha mumkin bo‘lgan talablarning biri; 2) qo‘shimcha talab, faqat uni qo‘llash mumkin bo‘lgan holatdagina bajarilishi zarur, aks holda u hisobga olinmasligi ham mumkin.
АТАМА: Maxsus soha chegarasida tushunchani va uning boshqa tushunchalar bilan o‘zaro munosabatini aniq ifodalashga yo‘naltirilgan so‘z yoki so‘z birikmasi.

Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling