Kompyuter tarmoq tushunchasi. Tarmoqni tashkil etuvchi qurilmalar. Tarmoq turlari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
02.KT
- Bu sahifa navigatsiya:
- LAN (Local Area Network) • LAN (Local Area Network)
- LAN (Local Area Network)
PAN (Personal Area Network)
• PAN (Personal Area Network) – bu kompyuterlar, telefonlar, planshetlar va shaxsiy PDA kabi qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan kompyuter tarmog‘idir. • U ko‘pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo‘lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha. LAN (Local Area Network) • LAN (Local Area Network) –bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi abonentlarni bog‘laydi. • Bunday tarmog‘ga ucha katta bo‘lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. LAN (Local Area Network) • Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. • Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. • Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi va bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. LAN (Local Area Network) • Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi. • Windows da lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulay hisoblanadi. • Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. • Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi. • Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir. • Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash hisoblanadi va lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling