Kompyuter tarmoqlari 2020-2021 Telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter tarmoqlari 1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Kompyuter tarmoqlari qo’llanilishi
- Kompyuter
- Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar
- Aloqa qoidalari
- Xabarlarni kodlashda
- Xabarni yetkazib berish imkoniyatlari
- Tarmoq protokollari va standartlari
- Protokollar steki
- Protokolning ozaro tasiri
- 2. Vosita (ulanish usuli)
- Аsosiy adabiyotlar
- Internet saytlari
1- Мa’ruza.
Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar
Reja
texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar Kirish. Kompyuter tarmoqlari qo’llanilishi
kirishni amalga oshirish orqali foydalanuvchilarga turli xil axborot va hisoblash xizmatlarini samarali ta'minlashni amalga oshiradigan ma'lumotlar uzatish kanallari bilan b
Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Birok, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng .irlashtirilgan kompyuterlar tizimlari.
Tarmoq – bu har hil asbob-uskanalarni va har hil dasturning birlashtiruvi. Tarmoqlar tashkillashtirilganda bir biriga mos kelishi (har hil texnologiyali asbob-uskanalarni, yoki har hil tipdagi operasion sistemalarni) eng muhim muamolardan biri bo‗lib qoladi. Komp'yuter tarmog‘i – bu mingta har hil komponentlarni o‗z ichiga olgan murakkab tizimdir: har-hil tipdagi komp'yuterlar - desktoplardan meynfremlargacha, tizimli va amaliy dasturiy ta'minot, tarmoq adapterlari, konsentratorlari, kammutatorlari va marshrutizatorlari, kabel tizimlari kabilar. Hisoblash tarmog‗i – bu o‗zaro bog‗langan va kelishilgan holda ishlab turuvchi dasturiy va apparat komponenlarining murakkab majmuasi. Tarmoqni to‗liq ishlashini o‗rganish uchun, uni alohida tashkil etuvchilarini ishlashini bilish kerak:
• Shaxsiy elektron hisoblash mashinalarni (kompyuterlarni); • Kommunikatsiya asbob-uskanalarini; • Tarmoq operatsion tizimlarini; • Tarmoq komponentlarini. Tarmoqning barcha dasturiy-apparat vositalarining majmuasi ko‗p pog‘onali model yordamida ta'riflab beriladi. Har qanday tarmoqning asosi (bazasi) - bu biron bir yo‘l bilan standarlashgan komp'yuter platformasining apparat qatlami. Xozirgi paytda tarmoqlarda keng ko’lamda va muvaffaqiyat bilan xar-xil darajadagi komp'yuterlar foydalanilyapti - shaxsiy mashinalardan meynfreymlargacha va super EHMlar. Tabiiyki, xisoblash tarmoqidagi komp'terlarning tarkibi idealda tarmoq bajaradigan ishga mos kelishi kerak.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
malumotlardan foydalanish (misol uchun, fayllar); apparat vositalaridan foydalanish (misol uchun, printerlar, modemlar); dasturiy resurlardan foydalanish (misol uchun, mijoz server ko‘rinishidagi dasturlar); tarmoq tugunlarida yagona havfsizlik siyosatini ishlab chiqish (misol uchun, mahalliy tarmoq Internetga ulangan serverda ishchi stantsiyani havfsizligini yaratish); tarmoq tugunlarini vakolatlarini chegaralash (misol uchun, korhonaning bo‘linmalari orasidagi vakolatlarni taqsimlash); foydalanuvchi ma‘lumotini muhofazasini ishlab chiqarish (misol uchun, serverdan zahiraviy nusxa olish); tarmoq tugunlari orasidagi ma‘lumot almashinuvini rivojlantirish (misol uchun, elektron pochtani ishlatishda); Kompyuter tarmoqlarini qo'llash:
ajratish
ilovalari MSOffice MSOffice MSOffice MSOffice Ilova
Printer drayveri Printerni local navbati Serverni bosib chiqarish navbati Printerni navbati Bosma serveri Misol
Misol Kompyuter tarmoqlarining tarixi Zamonaviy jahon infrastrukturasida kompyuterlashtirish va axborotlashtirish yetakchi o‗rinlarni egallamoqda. Mutaxassislarning hisobiga ko‗ra, XX asr boshida «Bilimlar hajmi» har 50 yilda 2 barobar oshdi. Hozirgi paytda bu jarayon 1 yilda amalga oshirilmoqda, yaqin istiqbolda esa 1 oyda bo‗ladi. Axborot texnologiyalari, zamonaviy kompyuterlarga va ofis jihozlariga talab oxirgi yillarda jahon iqtisodiy dinamikasi va sturukturasiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Axborot texnologiyalari sohasida Internet tizimining paydo bo‗lishi va jadal rivojlanishi haqiqiy inqilob bo‗ldi. Internet uchinchi ming yillikka kelib jahon iqtisodining yetakchi sohalaridan biriga aylandi, uning yillik qiymati 500 mlrd. dollarni tashkil qiladi, bu sohada uch milliondan ortiq kishi band.
Dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar statistikasi
• Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofaa vazirligining Ilg'or tadqiqot loyihalari agentligi (ARPA) 1960 yillarda kompyuterlarni vaqt almashish bo'yicha tadqiqotlarni moliyalashtirdi. Shu bilan birga, Internetning asosiy texnologiyalaridan biri bo'lgan paketli kommutatsiya bo'yicha tadqiqotlar 60- yillarning boshlarida Pol Baran va 1965-yilda mustaqil ravishda Devid Devis tomonidan boshlandi. 967 yilda operatsion tizimlarning ishlash printsiplari bo'yicha simpoziumdan so'ng, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan ARPANET va NPL tarmog'i, Merit Network va CYCLADES kabi boshqa tarmoqlar uchun paketli kommutatsiya taklif qilindi. ARPANETni ishlab chiqish Kaliforniya universitetidagi Tarmoqni o'lchash markazi (UCLA), Henri Samuelining muhandislik va amaliy fanlar maktabi Leonard Kleinrok tomonidan boshqariladigan va Duglas Engelbart tomonidan SRI International (SRI) NLS tizimi bilan o'zaro bog'langan ikkita tarmoq tugunlaridan (Menlo Park Kaliforniya, 1969 yil 29 oktyabr) boshlandi. Kelajakdagi o'sish belgisi sifatida 1971 yil oxirida o'n beshta sayt yosh ARPANETga ulandi.
ARPANET uchun dastlabki xalqaro hamkorlik juda kam edi. 1973 yilda Norvegiya Seysmik Array (NORSAR) bilan Tanumdagi (Shvetsiya) sun'iy yo'ldosh stantsiyasi orqali va London Universitet kolleji qoshidagi Piter Kirshteynning ilmiy guruhiga Britaniya akademik tarmoqlariga kirish uchun yo'l ochildi. ARPA loyihalari va xalqaro ishchi guruhlari turli xil protokollar va standartlarni ishlab chiqishga olib keldi, ular yordamida bir nechta alohida tarmoqlar bitta tarmoq yoki "tarmoqlar tarmog'iga" aylanishi mumkin. 1974 yilda Vint Serf va Bob Kan Internet atamasini RFC 675-da ishlatdilar, va keyinchalik RFC- lar ushbu foydalanishni takrorladilar. ARPANET-ga kirish 1981 yilda Milliy Ilmiy Jamg'arma (NSF) Kompyuter Ilmiy Tarmog'ini (CSNET) moliyalashtirganida kengaytirildi. 1982 yilda Internet Protocol Suite (TCP / IP) standartlashtirildi, bu butun dunyo bo'ylab o'zaro bog'liq tarmoqlarning tarqalishiga imkon berdi. TCP / IP tarmog'iga kirish 1986 yilda yana bir bor kengaytirildi, chunki National Science Foundation Network (NSFNet) AQShda tadqiqotchilar uchun avvaliga 56 kbit/s tezlikda, keyin esa 1,5 Mbit/s va 45 Mbit/s tezlikda superkompyuter saytlariga kirish huquqini taqdim etdi. NSFNet 1988 –89 yillarda Evropa, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiyada ilmiy va ilmiy- tadqiqot tashkilotlariga aylandi. Tijorat Internet-provayderlari (ISP) 1989 yilda AQSh va Avstraliyada paydo bo'ldi. ARPANET 1990 yilda rasmiy foydalanishdan chiqarildi.
Shu tariqa bu tarmoq Internet tarmog’iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan ‘Internet arxitekturasi bo'yicha kengashi’ tomonidan boshqariladi. Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP) deb ataladi.TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi. Internet tarmog’i konfiguratsiyasi misollari
1992 —93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi.
World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi. Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Yangi texnologiyalar va tarmoqlardagi barqaror yutuqlar tarmoqning kengayishida tijorat ishtiroki va aholiga xizmat ko'rsatishda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratdi.
1.3.-rasm. Zamonaviy tarmoqlar va rivojlantiruvchi omillar
Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar Kompyuter va tarmoq texnologiyalari hududlar bo‘yicha tarqoq taqsimlangan hisoblash vositalarini yagona tizimga birlashtirish zarurati tufayli kelib chiqqan ma‘lumotlarni qayta ishlash tizimlarining rivojlanish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bunda protokollar, tarmoq texnologiyalari foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlar to‘plamini taqdim etadi hamda vazifasi bo‘yicha turli xil bo‘lgan avtomatlashtirilgan ma‘lumotni taqsimlangan holda qayta ishlash tizimlarini yaratish imkonini beradi. Bu jarayonda bir necha omillarga ahamiyat berish lozim: aloqa qoidalari, protokollar/standartlar va protokollar steki. Aloqa qoidalari aloqa o'rnatilishini ta’minlaydi. Bunda qoidani o’rnatishda: Uzatuvchi va qabul qiluvchi aniqlab beriladi; Aloqaning umumiy ‘tili’ va ‘grammatika’si belgilanadi; Tezlik va yetkazib berish muddati aniqlanadi; Tasdiqlash yoki kelishish talablari belgilanadi.
Ma'lumotni boshqa maqbul shaklga o'tkazish jarayoni kelishiladi. Xabarni formatlash va inkapsulyasiyasi; Xabar hajmi; Xabar vaqti: Kirish usuli Oqimni boshqarish Javob vaqti tugashi
Xabarni yetkazib berish imkoniyatlari Unikast
Multicast
Keng
ko’lamli (broadcast) kabilar muvofiqlashtiriladi Tarmoq protokollari va standartlari nuqtai nazaridan: Protokollar -aloqalarni boshqaradigan qoidalar; Tarmoq protokollari Protokollarning roli Xabar qanday formatlangan yoki tuzilgan Tarmoq qurilmalari boshqa tarmoqlar bilan yo'llar to'g'risidagi ma'lumotlarni almashish jarayoni Xatolar va tizim xabarlari qurilmalar o'rtasida qanday va qachon uzatiladi Ma'lumot uzatish seanslarini sozlash va tugatish
Protokollar steki misoli Protokollar steki (to'plamlari) nuqtai nazaridan: Protokol to'plamlari va sanoat standartlari: TCP/IP ochiq standarti Boshqa protokol to'plamlari
TCP/IP steki protokollarida aloqa jarayoni amalga oshirilishi inobatga olinadi. Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi.
Protokolning o'zaro ta'siri Masalan: veb-server va mijoz kabi omillar inobatga olinadi.
Muloqot misoli Tarmoq komponentalari 1. Qurilma (1.7.-rasm): a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k); b) Oraliq qurilmalari, tugunlar (router, switch, hub va h.k);
2. Vosita (ulanish usuli): a) mis (med) kabel: 1) simmetrik - parali kabellar; 2) koaksial;
b) Optik kabel: 1)bir modali – magistralda ishlatiladi; 2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k) Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda. Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir.
Nazorat savollari:
Kompyuter tarmoqlariga umumiy ta’rif bering. KT rivojlantiruvchi omillarni keltiring. Protokol va tarmoq texnologiyasi tushunchalarini izohlang.
Аsosiy adabiyotlar • James F. Kurose, Keith W. Ross ―A Top-Down Approach: Computer Networking‖, 2017y. Pearson Education Limited • Oliver C. Ibe ―Fundamentals of Data Communication Networks‖, 2018y. JohnWiley&Sons, Inc. • Andrew S. Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011 Qo‘shimcha adabiyotlar • Musaev M.M. ―Kompyuter tizimlari va tarmoqlari‖. Toshkent.: ―Aloqachi‖ nashriyoti, 2013 yil. 8 bob. 394 bet. – Oliy o‗quv yurtlari uchun qo‗llanma. • Andrew S. Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011y. • Olifer V.G., Olifer N.А. Компютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. - СПб. Питер. 2010.
www.intuit.ru
http://tuitfiles
http://www.kgtu.runnet.ru
http://www.piter.com
http://
www.ciscopress.ru http:// www.williamspublishing.com
www.ziyonet.uz
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling