Kompyuter tarmoqlari laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun
Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Download 2.08 Mb. Pdf ko'rish
|
b2e5872e49ce5a9a5b7a02669824aced Uslubiy ko`rsatma KT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy qism. To’g’ri ulanish
Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma
Kompyuter tarmoqlarida foydalanish maqsadiga ko’ra tarmoq kabellarning ikki turidan foydalaniladi: to’g’ri va kross-o’tkazgich (cross-over cable, nul-xab). Bunday xollarda zamonaviy qurilmalar avtomatik aniqlash xususiyatiga ega bo’ladi yoki tarmoq kartasida MDI/MDIX so’zi yozilgan bo’lsa, qurilma qaysi juftliklar bo’yicha signallarni o’tkazishni o’zi aniqlaydi. To’g’ri ulanish quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: Bir tomonda – ShK, printer, televizor; Ikkinchi tomonda – router, switch. Kross-o’tkazgich xabdan foydalanmagan xolda ikki kompyuterni bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri ulash uchun foydalaniladi. Amaliy qism. To’g’ri ulanish. To’g’ri ulash kabelini tayyorlash uchun quyidagi ishlar bajariladi: 1. Kerakli uzunlikda kabelni qirqib oling. Kabelning ikkala uchlari tozaligiga va to’g’ri burchak ostida kesilganligiga e’tibor bering. 4-rasm. Qirqilgan o’ralgan juftlik kabeli. 2. Qirqilgan kabelni taxminan 2,5 sm o’lchamda himoya qobig’ini ajrating. Himoya qobig’ini ajratayotganda ichki simlariga shikast yetkazmang. 5-rasm. Himoya qobig’ini ajratilgan kabel. 3. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratib chiqing. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz 4 juvt rangi simlar bor. Bu simlarni quo’idagi ranglar bo’yicha saralang: ko’k/ko’k-oq, to’q sariq/to’q sariq - oq, yashil/yashil-oq, jigar rang/jigar rang-oq (6-rasm). 6-rasm. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratish. 4. Endi simlarni qo’yidagi ketma-ketlik bo’yicha tartiblang (chapdan o’nga): 6-rasm. Simlarni tartiblash: 1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, 4 - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 - jigar rang-oq, 8 - jigar rang. 5. Simlarni bitta chiziq bo’yicha tartiblang va simlar bir xil uzunlikda bo’lishi uchun taxminan bir millimetr qirqib tashlang. 7-rasm. Simlarni bir xil uzunlikka keltirish. 6. RJ-45 konnektorini oling, bunda plastik ilgich qismi pasga qarab tursin. 7. Saralangan va tartiblangan simlarni RJ-45 konnektor ichiga extiyotlik bilan joylashtiring. Simlarni tartibli ushlab turish bir muncha qiyin bo’lishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling