Kompyuter tarmoqlari laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun


Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/24
Sana12.10.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1700145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
b2e5872e49ce5a9a5b7a02669824aced Uslubiy ko`rsatma KT

Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma 
Kompyuter tarmoqlarida foydalanish maqsadiga ko’ra tarmoq kabellarning 
ikki turidan foydalaniladi: to’g’ri va kross-o’tkazgich (cross-over cable, nul-xab). 
Bunday xollarda zamonaviy qurilmalar avtomatik aniqlash xususiyatiga ega 
bo’ladi yoki tarmoq kartasida MDI/MDIX so’zi yozilgan bo’lsa, qurilma qaysi 
juftliklar bo’yicha signallarni o’tkazishni o’zi aniqlaydi.
To’g’ri ulanish quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 

Bir tomonda – ShK, printer, televizor; 

Ikkinchi tomonda – router, switch. 
Kross-o’tkazgich xabdan foydalanmagan xolda ikki kompyuterni bir-biriga 
to’g’ridan-to’g’ri ulash uchun foydalaniladi. 
Amaliy qism. 
To’g’ri ulanish. To’g’ri ulash kabelini tayyorlash uchun quyidagi ishlar 
bajariladi:  
1. Kerakli uzunlikda kabelni qirqib oling. Kabelning ikkala uchlari 
tozaligiga va to’g’ri burchak ostida kesilganligiga e’tibor bering. 
4-rasm. Qirqilgan o’ralgan juftlik kabeli. 
2. Qirqilgan kabelni taxminan 2,5 sm o’lchamda himoya qobig’ini ajrating. 
Himoya qobig’ini ajratayotganda ichki simlariga shikast yetkazmang. 
5-rasm. Himoya qobig’ini ajratilgan kabel. 
3. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratib chiqing. Agar e’tibor bergan 
bo’lsangiz 4 juvt rangi simlar bor. Bu simlarni quo’idagi ranglar bo’yicha saralang: 


ko’k/ko’k-oq, to’q sariq/to’q sariq - oq, yashil/yashil-oq, jigar rang/jigar rang-oq 
(6-rasm).
6-rasm. Simlarni rang bo’yicha juftlarga ajratish. 
4. Endi simlarni qo’yidagi ketma-ketlik bo’yicha tartiblang (chapdan o’nga): 
6-rasm. Simlarni tartiblash:
1- to’q sariq – oq, 2 - to’q sariq, 3 - yashil-oq, - ko’k, 5 - ko’k-oq, 6 – yashil, 7 - 
jigar rang-oq, 8 - jigar rang. 
5. Simlarni bitta chiziq bo’yicha tartiblang va simlar bir xil uzunlikda 
bo’lishi uchun taxminan bir millimetr qirqib tashlang. 
7-rasm. Simlarni bir xil uzunlikka keltirish. 
6. RJ-45 konnektorini oling, bunda plastik ilgich qismi pasga qarab tursin.
7. Saralangan va tartiblangan simlarni RJ-45 konnektor ichiga extiyotlik 
bilan joylashtiring. Simlarni tartibli ushlab turish bir muncha qiyin bo’lishi 


mumkin, shuning uchun ko’proq shug’ullaning. RJ-45 konnektori ichida xar bir 
simga tegishli yo’naltiruvchi yo’llari mavjud bo’ladi. Bu yo’llar yordamida 
simlarni yo’ulni oxirigacha taqab olib borish mumkin. 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling